14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:58
Fan va taʼlim 👁 217

TAʼLIM TIZIMIGA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARINI JORIY QILIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

TAʼLIM TIZIMIGA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARINI JORIY QILIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Yurtimizda koʻpgina sohalarda axborot texnologiyalari qoʻllanilib, ishdagi samaradorlik ortishiga erishilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, taʼlim jarayonini boshqarishda qogʻoz shaklidagi hujjatlarni raqamlashtirish yordamida oʻqituvchilardagi maʼmuriy yukni kamaytirish va oʻquv jarayonida shaffoflikni taʼminlash maqsadida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli barcha maktablarda “Elektron jurnal”, yaʼni kundalik.com tizimi joriy qilinmoqda.

8-fevral kuni shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligidan tizimga masʼul boʻlgan metodist Feruza Meyliyeva hamda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassislari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining direktorlari va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etishdi. Seminarda “Elektron jurnal” tizimining afzalliklari, administratorlar va maktab rahbarlari tarafdan qilinishi kerak boʻlgan ishlar amaliy ravishda koʻrsatilgan holda oʻtildi.

Ushbu tizim joriy qilinishi natijasida maktablardagi qogʻoz koʻrinishidagi jurnallar, kundaliklar yuritilishidan voz kechiladi. Oʻquvchilar onlayn ravishda baholab boriladi. Sinf rahbarlari va oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida ularning oʻzlashtirishi, hulqi haqida onlayn ravishda muloqot almashish imkoni paydo boʻladi. Ota-onalar ham farzandlarining darsga qatnashishini nazorat qilib borishadi.

Bunda tizimdan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida oʻqituvchilar uchun “Kundalik.Teacher”, ota-onalar uchun esa “Kundalik.Familiy” ilovalari ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu ilovalarda ishlash orqali endilikda oʻqituvchilarning va ota-onalarning vaqtini tejash imkoni yaratildi. Ushbu “kundalik.com” tizimi nafaqat ota-onalar balki maktab direktori, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining ham bir qancha ishlarini osonlashtirib beradi va ortiqcha qogʻozbozliklardan ozod qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Undan tashqari, oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari sinf, maktab kesimida elektron ravishda shakllanadi. Shuningdek, sinflar kesimida, maktab kesimida ham davomatlari shakllantirilib boradi.

Ushbu tizim orqali elektron jurnallarning oʻz vaqtida va bexato yuritilib borishi Xalq taʼlimi boʻlimi va Xalq taʼlimi vazirligi tarafidan onlayn ravishda “dashboard” orqali nazorat qilinadi. Ota-onalar uchun “Elektron jurnal” tizimiga aʼzo boʻlish narxi yiliga ayni vaqtda 8 ming 600 soʻmni tashkil qiladi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytib oʻtish kerakki, tumanda shu paytgacha yaʼni 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, 9 ta maktabda “Elektron jurnal” tizimi joriy qilingan edi. Hozirgi kunda tizim oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatib, oʻqituvchilar ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos boʻlishmoqda va tejalgan vaqtlarini taʼlim-tarbiyani kuchaytirishga sarflashmoqda. Ota-onalar ham oʻz farzandlarining oʻzlashtirish darajasini onlayn tarzda kuzatib, nazorat qilish imkoniga ega boʻlishmoqda.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar shu kabi maʼlumotlarga, “Elektron jurnal”, yaʼni “kundalik.com” tizimini yuritish boʻyicha keng tushunchalarga ega boʻldilar. Masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019