MUHTOJ XOTIN-QIZLARNI UY-JOY BILAN TAʼMINLASh TARTIBI BELGILANDI
Bugungi kunda aholining kam taʼminlangan qatlami, ayniqsa, xotin-qizlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi qarori bilan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Qarorga koʻra, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida boʻlgan xotin-qizlar oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga soʻrovnoma-ariza bilan murojaat qiladi. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi har chorakda xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini oʻrganib chiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, koʻpi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.
Bunda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti boʻyicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlangʻich badal toʻlab beriladi. Tuman hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng, 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan eng koʻpi 5-yil muddatga ijara shartnomasini tuzadi. Ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman hokimligiga tegishli boʻladi va ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksa yoshdagi va oʻzi harakatlana olmaydigan shaxslar koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi. Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib belgilanadi. Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.
Davron Pirmanov, “Madad” NNT tuman HMB bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶