“BUYuK SIYMOLARNI YoD ETIB” NOMLI TADBIR OʻTKAZILDI
18-fevral kuni 69-maktabning ona tili fani oʻqituvchilari Mahbuba Sariyev hamda Saida Najmaddinova tomonidan “Buyuk siymolarni yod etib" nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchilar Z.M.Bobur haqidagi asarlardan "Boburning bolaligi" va "Koʻhinur", “Farhod va Shirin” dostonidan olingan parchalarni, Navoiy va Guli monologini, sahna koʻrinishlarida namoyish etishdi. Raqslar, qoʻshiqlar ijro qilib, tadbirga yanada koʻproq fayz kiritishdi, "Bahru-bayt" musobaqasi oʻtkazishdi. Buyuk bobokalonlarimizning oʻlmas asarlaridan va ruboiy va gʻazallaridan parchalar oʻqidilar.
Bahru-bayt musobaqasida 9-sinf oʻquvchisi Mashhura Jumiyazova va 6-sinf oʻquvchisi Muhlisa Tajiboyevaning bir-biridan qolishmasdan aytgan sheʼrlari kechaga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.
Bu kabi tadbirlar orqali yoshlarga qadriyatlarimizni hurmat qilish va shu bilan birga ularni asrab-avaylash, ulugʻlash gʻoyasi singdirilmoqda.
Barno Sapayeva, 69-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶