01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 22:51
Jamiyat 👁 261

“Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” doirasida mahalla ayol-qizlari oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

“Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” doirasida mahalla ayol-qizlari oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari olib borayotgan koʻpqirrali siyosatda xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaritilib kelinmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar salomatligi uchun qaygʻurish ustuvor masala sifatida belgilab olindi. Zotan, sogʻlom avlodgina yurt kelajagini taʼminlaydigan asosiy omil sanaladi. Bu avlodning dunyoga kelishi va kamolga yetishida esa, shubhasiz, ayollarimiz, onalarimizning oʻrni va xizmatini hech bir narsaga tenglashtirib boʻlmaydi.

Shu maqsadda, 5-mart kuni Xalqaro xotin qizlar bayrami oldidan “Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” doirasida tumanimizdagi faol mahalla ayol-qizlari oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Musobaqalar tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, Turizm va sport boʻlimi, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab binosida boʻlib oʻtgan mazkur sport bellashuvlarini Mahalla va oilani-qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Goʻzal Soburova ochib berdi hamda barcha ayol-qizlarni bayram bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbarining alohida eʼtiborlari natijasida moʻʼtabar onalarimiz, opa-singillarimizni hayotdan rozi qilish, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash soʻnggi yillarda davlat siyosatining bosh masalalaridan biriga aylanganini alohida taʼkidlab, yangi tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va uning tizimida har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilingani xotin-qizlar masalalarini yanada kengroq qamrab olinishiga asos boʻlishini qayd etdi.

Shundan soʻng Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimboychiyeva va tuman Turizm va Sport boʻlimi mutaxassisi Xurshid Ismoilovlar ayol-qizlarni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan muborakbod etib, sport musobaqalarida barchaga omad tiladi.

Shiddatli va murosasiz kechgan musobaqalarda ctol tennisi boʻyicha 1-oʻrinni Gulbahor Xidirova, 2-oʻrinni Muqaddas Beknazarova va 3-oʻrinni Gavhar Chimboychiyevalar egallashdi.

Darts musobaqalarida 1-oʻrinni Sabohat Rajapova, 2-oʻrinni Dilnoza Otaboyeva, 3-oʻrinni Feruza Allaberganovalar egalladi.

Shaxmat-shashka musobaqalari ham murosasiz kechdi. Musobaqada 16 ta ishtirokchi qatnashib, oʻzaro kuch sinashdilar. Sportning shashka turi boʻyicha, 1-oʻrinni Gulnora Matniyazova, 2-oʻrinni Feruza Saidmuratova, 3-oʻrinni Sanamjon Kazakovalar egalladi.

 Shaxmat musobaqalari uzoq vaqt davom etdi. Ishtirokchilar mazkur musobaqada oʻz aqliy salohiyatini va mantiqiy fikrlash qobilyatini sinovdan oʻtkazish bilan birgalikda koʻplab doʻstlar orttirdilar. Musobaqa natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Nodira Yoʻldosheva, 2-oʻrinni Dildora Kenjaboyeva, 3-oʻrinni Nargiza Boboniyozovalar egalladi.

Musobaqalar yakunida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi Azad Almuratov barcha ayol-qizlarni bayram bilan tabriklab oilaviy hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Tadbir yakunida sport musobaqalarida ishtirok etgan barcha ayol-qizlar jamiyatda ayollarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va eʼtirofdan mamnunligini bildirib, barcha tashkilotchilarga minnaddorlik bildirishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026