02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:40
Jamiyat 👁 366

DEPUTAT BILAN UChRAShUVDA KOʻPLAB MUAMMOLAR OʻZ YeChIMINI TOPMOQDA

DEPUTAT BILAN UChRAShUVDA KOʻPLAB MUAMMOLAR OʻZ YeChIMINI TOPMOQDA

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha darajadagi deputatlarning faolligini yanada oshirish maqsadida 9-martdan 19-martgacha oʻtkazilayotgan deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” doirasida 32-Qilichboy saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Bahrom Qodirov bilan birgalikdagi 11-mart kuni Qilichboy ovulida istiqomat qiluvchi saylovchilari bilan uchrashdi.

Deputat bilan uchrashuv ovuldagi Qoʻchqorboy Nurimovning tomorqasida tashkil etilib, unda Qilichboy ovuli faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Uchashuvda deputat Sanobar Xoʻjamuratova saylovchilarga Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonga tashrifi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻzgarishlar, mamlakatimizda, xususan, Amudaryo tumanida yoshlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, qishloqlarda tomorqa xoʻjaligi, yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib berdi.

Sanobar Xoʻjamuratova saylovchilar bilan muloqot qilish va ularning tomorqa xoʻjaligini yuritish boʻyicha muammolarini oʻrganish jarayonida Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga ham batafsil toʻxtaldi. Ana shu ustuvor vazifalardan kelib chiqib, saylovchilar bilan uchrashuv joyining qilichboylik mohir tomorqa yer egasi Qoʻchqorboy Nurimov tomorqa xoʻjaligida tashkil etilganiga alohida urgʻu berdi. U mahalladoshlari orasida oʻz halol va fidoyi mehnati, tadbirkorligi bilan eʼtibor va obroʻ topgan Qoʻchqorboy Nurimov erishayotgan yutuqlarni yoshlarga ibrat qilib koʻrsatdi.

Rasmiyatchilikdan xoli tarzda tashkillashtirilgan uchrashuvda deputat moʻʼjazgina tomorqadan yilning toʻrt faslida ham unumli foydalanib, oʻzi va barcha  oila aʼzolari bandligini taʼminlagan Qoʻchqorboy Nurimovning tajribalarini yoshlar oʻrtasida  keng ommalashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi. Uchrashuvda saylovchilar, asosan dehqonchilik uchun bahorgi ekish-tikish ishlarida zarur boʻladigan bioorganik mahsulotlar yetishmovchiligi, auktsion orqali yer olish, mikrokreditlar ajratish borasida hamda oʻzlarini qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha murojaat qildilar.

Ovul yoshlaridan Raʼno Rahimboyeva tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun organik oʻgʻit olishni rejalashtirgani, lekin hujjatlarni rasmiylashtirishda huquqiy yordam zarurligini aytib, ushbu masalada yordam berishni soʻradi. Uning murojaati ovul fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Murodjon Boltayev tomonidan roʻyxatga olinib, tez fursatlarda bu muammoni bartaraf etishga kelishib olindi.

Shuningdek, Shohista Eshimmetovning dehqonchilik qilish uchun yer ajratib berishni soʻrab qilgan murojaati ham shu yerning oʻzida atroflicha oʻrganib chiqilib, auktsionga qoʻyilgan yerlar hisobidan 25 sotix yer olishi mumkinligi va auktsionda ishtirok etish tartib-qoidalari toʻgʻrisida zarur tushunchalar berildi.

Uchrashuvdan keyin deputat Sanobar Xoʻjamuratova xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Bahrom Qodirov bilan birgalikda ovuldagi keksa va bemor onaxonlar holidan ham xabar oldilar.

Deputatlar 84 yoshli bemor onaxon Salima Hayitboyeva xonadonida boʻlishib, onaxonning oilasidagi muammolarni oʻrgandilar va onaxonning murojaatiga koʻra, unga qarayotgan qizi Saida  Hayitboyevaga bemor onasining parvarishiga masʼul ekanligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirish va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga topshirish boʻyicha masʼul tashkilotlarga Saida Hayitboyevaning bemor onasiga qarab turgan davri mehnat stajiga hisoblanishi toʻgʻrisida deputat soʻrovi kiritish boʻyicha kelishib olindi.

Deputatlar hududdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabining uyda taʼlim olayotgan 8 nafar oʻquvchilari holidan xabar olishib, ularga berilayotgan taʼlim sifati bilan ham yaqindan tanishdilar hamda bu oʻquvchilarga mamlakatimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari, oʻz orzularini roʻyobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan imtiyozlar xususida maʼlumot berib, ularni yangi orzular, ilm olish, hunar egallash, kuchli tadbirkor boʻlish sari ruhlantirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026