Qishloq xoʻjaligi
👁 2,155
Mashaqqatli mehnat samarasi
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 25-avgustdagi farmoniga
muvofiq "Shuhrat” medali bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi "Amirxon” fermer
xoʻjaligi rahbari Otaxon Qurboniyozov ham bor.
– Ozmi-koʻpmi qilayotgan mehnating munosib qadr topsa, ayniqsa, davlat rahbari tomonidan ragʻbatlantirilsa, koʻngling togʻday oʻsib, gʻayratinga gʻayrat, kuchinga kuch qoʻshilar ekan, – deydi O.Qurboniyozov. – Buni men Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida davlatimizning yuksak mukofotiga loyiq koʻrilganimda yana bir bor teran his qildim. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, xoʻjaligimizning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, paxta va gʻalladan tashqari meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Natijada davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, koʻptarmoqli fermer xoʻjaligi tashkil etishga erishdik.
Bugungi kunda 184,9 gektar maydonda dehqonchilik qilayotgan fermer xoʻjaligi topayotgan daromadi hisobidan qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga ham doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda. Joriy yilda qishloqda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasini ishga tushirib, 3 nafar kollej bitiruvchisini doimiy ish bilan taʼminladi.
– Yaqin vaqtlar ichida tikuvchilik tsexi ochib, yana oʻnga yaqin yoshlarning bandligini taʼminlashni maqsad qilganmiz, – deydi fermer. – Samarali mehnat qilib, yaxshi daromad topgan kishi yaxshi yashashi kerak. Shu bois xoʻjaligimiz ishchilarining turmush farovonligini oshirish, uy-joy qurishi, toʻy-hashamlarini oʻtkazishiga yaqindan koʻmaklashmoqdamiz.
Hozir fermer xoʻjaligi dalalarida paxta yigʻim-terimi avjida. Kelgusi yil hosili uchun kuzgi bugʻdoy ekish tez surʼatlarda olib borilmoqda.
OʻzA, A.Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶