01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:40
Jamiyat 👁 265

TUMAN MUDOFAA IShLARI BOʻLIMI MASʼULLARI OʻQUVChI-YoShLAR UChUN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

TUMAN MUDOFAA IShLARI BOʻLIMI MASʼULLARI OʻQUVChI-YoShLAR UChUN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bu millati, tili va kasbidan qatʼiy nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan faoliyatdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy taʼlim maktablarida yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani yoshlarni Vatan himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlashga yoʻnaltirilgan, shuningdek, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish uchun jismonan baquvvat, maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida ular batafsil xabardor qilib boriladi.

28-mart kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli maktabda ushbu muassasa yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Akmal Saidov va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi masʼullari hamkorligida harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan maktablarning 9- va 11-sinflari bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlinmasi boshligʻi Roman Roʻzmetovlar soʻzga chiqib, ishtirokchilarga keng turda tushunchalar berdi. Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda oʻsmirlarni harbiy – vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlash zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan Prezident qaroriga koʻra Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, davlat xavfsizlik xizmati, milliy gvardiya tarkibida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi. Ushbu litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini aʼlo baholarga tamomlagan, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻsmir oʻgʻil bolalar qabul qilinadi. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida oʻqish davomiyligi ikki yil ekanligi, bitiruvchilarga mazkur sohalarda ishlash yo oʻqishni davom ettirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Harbiy xizmat – har bir yigitning muqaddas burchidir. Yurtimizda harbiy xizmatga borishni, oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olib, yetuk harbiy mutaxassis boʻlib, Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishni, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligiga hissa qoʻshishni orzu qiladigan yigitlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Maktabda oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchilarga yurtimizdagi mavjud harbiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish shartlari keng tushuntirildi.

Tadbir soʻngida yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorlash fani oʻqituvchisi Akmal Saidov soʻzga chiqib, oʻz faoliyatida oʻquvchi-yoshlarni bilimli, kuchli, yurt koriga yaraydigan vatanparvar qilib voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirayotgan ishlari, erishayotgan yutuqlari haqida maʼlumot berdi. Uchrashuv tashkilotchilari oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”da, harbiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga, iqtidorli harbiy mutaxassislar boʻlib yetishib, vatanimiz ravnaqiga, osoyishtaligiga munosib hissa qoʻshishga chaqirdi.

Tadbir oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026