30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,189

Xirmonimiz zalvorli, yuzimiz yorugʻ boʻldi

Xirmonimiz zalvorli, yuzimiz yorugʻ boʻldi

 2014-yilning 28-sentyabri amudaryoliklar uchun xushxabar bilan boshlandi – tumanda davlatga paxta topshirish boʻyicha dastlabki marra egallanib, qabul maskanlariga 32640 tonnadan ortiq "oq oltin” topshirildi. Respublikamizda birinchi boʻlib, 18 ish kunida davlatga paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajargan tumanimiz paxtakorlari, fermerlari, qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining bu mehnat zafarini har bir amudaryolik katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Albatta, bunday yuksak, zalvorli xirmonni Respublikada birinchi boʻlib bunyod etish oson ish emas. Bu ulkan yutuq va zafarlarga asos boʻlgan muhim omillar borki, bugun – mehnat zafariga erishilgan quvonchli kunda ularni tilga olish zarur, deb oʻylayman.

Avvalo, aytish kerakki, jannatmakon yurtimizning har qarich tuprogʻi serunum, har bir dalasi serhosil. Bu yurtda yilning 320 kuni quyoshli, toʻrt fasli ham oʻziga xosligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Bularning barchasi Oʻzbekiston tangri nazari tushgan zamin ekanidan dalolatdir.

Qolaversa, yurtimizning har bir fuqarosi mehnatkash. Bu elning har bir dehqoni tong saharda qoʻlida ketmoni bilan dalaga otlanadi, quyoshni dalasida qarshi oladi. Eng asosiysi, bu elda ogʻzibirchilik, totuvlik bor. Totuvlik bor joyda esa qut-baraka, toʻkinchilik boʻladi. Dala boshidagi ixcham shiyponda bir piyola choydan keyin el-u yurtiga tinchlik, dasturxonga baraka soʻrab duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimizni koʻrib, beixtiyor muhtaram Yurtboshimizning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrigidagi mana shu jumlalar yodimga tushadi: "Bizni mana shunday saodatli kunlarga Xudo yetkazyapti. Har tongda pok boʻlib, chin dildan soʻrasak, Yaratganimizning oʻzi albatta yoʻlimizni ochib beradi. Va Ollohning nazari tushgan mana shu muqaddas yurtda hech kim hech qachon kam boʻlmaydi, inshoollo”.

Istiqlol yillarida agrar sohada amalga oshirilgan muhim islohotlar, yerning oʻz egasiga topshirilgani, dehqonning mulkdor boʻlishiga, yerdan moʻl hosil olib, nafaqat davlatning, balki oʻz oilasining, ishchi va xizmatchilarining, butun ovulning ehtiyojini taʼminlashi uchun unga keng imkoniyatlar berilayotgani qishloq xoʻjaligidagi yutuqlarimizning bosh omili boʻlmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasini bosqichma-bosqich isloh qilish, fermer xoʻjaliklari yerlarini optimallashtirish asosida yiriklashtirilgan va iqtisodiy jihatdan yanada barqaror xoʻjaliklar vujudga keltirilishi, yer, suv, moddiy-texnika hamda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga samaradorlik va rentabellikning jadal oʻsishinatijasida fermerlarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Bularning barchasi qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasining ortishida namoyon boʻlmoqda.

Eng muhimi, qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlar fermerlarning yerga, mulkka boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirib yubordi. Endilikda fermer xoʻjaligi gʻallachilik va paxtachilik bilan cheklanib qolmasdan, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik kabi tarmoqlarni, ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo va xizmat koʻrsatish sohalarini yoʻlga qoʻyish orqali daromadini koʻpaytirish, hudud aholisini ish bilan taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Bularning barchasi istiqlol tufayli dehqonga berilgan imkoniyat samarasidir.

Qolaversa, bundan 7-yil muqaddam muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha alohida Davlat dasturi ishlab chiqilib, shu kungacha tuman boʻyicha 32,7 ming gektardan ortiq ekin maydonining meliorativ holati yaxshilangani yerlarimizning hosildorlik darajasi oshishiga zamin yaratdi.

Sohada samarali moliyaviy tizim yoʻlga qoʻyilgani, qishloq xoʻjaligi korxonalariga imtiyozli kreditlar ajratish, ularning moddiy texnika bazasini yaxshilash, suv, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimlari samarali yoʻlga qoʻyilgani ham bugungidek baland xirmonlar bunyod etilishiga asos boʻlmoqda.

Dehqon uchun har yil oʻziga xos qiyinchilik va murakkabliklari, turli tabiiy sharoitlari bilan ajralib turadi. Bu yilgi ekish mavsumi biroz noqulay kelishiga qaramasdan, chigit ekish ishlarini erta bahorda nihoyasiga yetkazgan dehqonlarimiz har bir niholga mehrini berib qilgan halol mehnati samarasi sifatida dalalardan toʻliq koʻchat olishga erishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, keyingi yillarda selektsiya masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, mutaxassislar va olimlarimizning amaliy hamkorligi natijasida hududimizning iqlim va tuproq sharoitiga mos boʻlgan "Omad”, "S-4727”, "Sulton”, "Porloq”, "Buxoro-8” kabi navlar ekilgani dehqonlarimizning qoʻlini uzun qildi.

Gʻoʻzani yaganalash, qator oralarini yumshatish, begona oʻtlardan tozalash, organik va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, sugʻorish, zararkunandalarga qarshi kurashish, chilpish, defoliatsiya qilish kabi gʻoʻza tarbiyasidagi muhim tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilgani amudaryoliklarning bugungi mehnat zafarining muhim omili boʻldi, desak ayni haqiqat boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida bu yilgi paxtani yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tegishli tashkilotlar tomonidan fermer xoʻjaliklariga 14390 tonna mineral va 117500 tonna mahalliy oʻgʻitlar, 3100 tonna yonilgʻi moylash materiallari, 310 mln. metr kub suv yetkazib berilib, 667 million soʻmlik biolaboratoriya, 1 mlrd. 233 million soʻmlik texnika xizmati koʻrsatilganini aytib oʻtish oʻrinli.

Eng muhimi, bu yilgi yigʻim-terim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkil qilindi. Tuman boʻyicha 262 ta terim otryadlarida yigʻim-terim ishlariga jalb qilingan korxona, muassasa va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari, ovul va mahallalarning uyushmagan aholisi, fermer xoʻjaliklari ishchilari, Ajiniyoz nomidagi NDPI talabalaridan iborat jami 30640 nafar terimchilarning ogʻzibirchilikda qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.

Terimchi va hasharchilarning mehnat qilishlari va dam olishlari uchun zarur sharoit yaratilib, ularning sogʻligini saqlash maqsadida tibbiyot sohasi xodimlari biriktirilgani, dala boshida issiq ovqat berilib, savdo xizmatlari yoʻlga qoʻyilgani va turli madaniy tadbirlar uyushtirilgani terimchilarni yanada gʻayrat-shijoat bilan ishlashga chorladi.

Shu kungacha topshirilgan paxta hisobidan terimchilarga 7,6 milliard soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻlarining terim puli sifatida berilishi, fermerlarimizning 37,5 milliard soʻmdan ortiq daromad koʻrishi - ularning oʻz mehnatidan moddiy manfaatdorligini oshirdi.

Paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarib, bugungi yuksak xirmonga katta hissa qoʻshgan, moʻl hosildorlikka erishgan Qilichboy ovulidagi "Rajabov Omonboy”, Doʻrman ovulidagi "Oʻrazboyev Ulugʻbek”, "Beshboyev Qurbongʻali”, "Kamoliddin Bekniyoz”, Oʻrta qalʼa ovulidagi "Ram Haytimbat”, Qipchoq ovulidagi "Tursunboyeva Umida”, Choykoʻl ovulidagi "Yuldoshev Anvar”, Toʻlqin ovulidagi "Amu sohili”, Boʻz yop ovulidagi "Aytboy Otaxon”, Xolimbeg ovulidagi "Bektemir Jumatov”, "Usta Ollayor” va boshqa koʻplab fermer xoʻjaliklari nomini minnatdorchilik bilan tilga olamiz.

Mavsum davomida fermerlarga amaliy yordam berib, ularning ogʻirini yengil qilgan "Qilichboy”, Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli, "Namuna", "Mangʻit”, "Qipchoq”, "Turkmaniston”, "Doʻstlik” va "Tosh yop” muqobil mashina-traktor parklarini fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi ilgʻor MMTPlar sifatida tilga olish oʻrinlidir.

Reja - chegara emas. Hali dalalarimizda hosil moʻl. Paxtakorlarimiz "oq oltin”ning bir misqolini ham dalada qoldirmay yigʻib-terib olib, tumanimizning paxta xirmonini 42 ming tonnadan oshirish yoʻlida mehnat qilmoqdalar. Ushbu quvonchli lahzalarda tumanimiz paxtakorlarini, qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarini, paxtakorlarga madad boʻlayotgan hasharchilarni va butun tumanimiz ahlini bugungi mehnat zafari bilan tabriklayman. Boshingiz xirmoningiz kabi baland, yuzingiz doimo mehnatingiz samarasidan yorugʻ boʻlaversin, azizlar!

Rajabboy YOʻLDOShEV,

Amudaryo tumani hokimi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026