01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:24
Jamiyat 👁 285

KOʻZI OJIZLAR JAMIYaTI TAShKIL TOPGANIGA 90-YIL TOʻLDI

KOʻZI OJIZLAR JAMIYaTI TAShKIL TOPGANIGA 90-YIL TOʻLDI

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Mangʻit shahridagi “Oʻzbegim” restoranida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyati hamda Amudaryo tumani koʻzi ojizlar jamiyati masʼullari, aʼzolari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi va boshqalar soʻzga chiqib, 90 yillik yubiley bilan jamiyatning barcha aʼzolarini tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganiga bu yil 90-yil toʻladi. Koʻzi ojiz nogironlarni foydali mehnatga jalb etish, ularning bilimlarini oshirib, oʻrta va oliy maʼlumotga ega boʻlishlariga koʻmaklashish maqsadida tashkil qilingan ushbu jamiyatning ustavi 1932-yilda qabul qilingan edi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyatiga qarashli Amudaryo tumani koʻzi ojizlar jamiyati esa 1937-yilda hududdagi savodsizlikni tugatish va koʻzi ojizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Oʻsha davrlarda tumanda koʻzi ojiz nogironlar soni 20-22 nafardan iborat boʻlgan. Koʻzi ojiz nogironlar chit, paypoq toʻqish va boshqa hunarmandlik ishlariga ham jalb qilingan. 1960-yillarga kelib ushbu jamiyat boshligʻi Yoʻldosh Matmurodov hamda Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Nazir Rahimovning saʼy-harakatlari natijasida oʻz binosiga ega boʻlgan.

1963-yilning birinchi martida shu binoda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining Xoʻjayli oʻquv ishlab chiqarish korxonasiga qarashli Mangʻit shoxobchasi ish boshlagan. Bunda dastlab bozor uchun xoʻjalik setkasi va qamishdan chit toʻqish ishlari davom ettirilgan.

Shundan soʻng, 1972-yilning avgust oyida Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi tashkil qilingan. Sanamjon Madrahimova unga kutubxonachi qilib tayinlangan. Hozirgi kunda ushbu kutubxona badiiy va ilmiy kitoblar bilan taminlanib, kitobsevarlarga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Bunday shart-sharoitlar koʻzi ojiz nogironlarning bilim olishida, hunar egallashida yaqindan yordam berib, muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida jamiyatning tuman boʻlimi masʼullari tomonidan soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, masʼullar yurtimizdagi koʻzi ojiz nogironlar jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun ularga boʻlgan eʼtibor oshib borayotgani xususida alohida toʻxtalib, ularning kundalik hayotini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli xildagi tadbirlar oʻtkazilayotganini, bu saʼy-harakatlar inson qadrini ulugʻlash, yurtdoshlarimizda insoniylik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan aytib oʻtdilar.

Tumanda ham koʻzi ojiz nogironlarga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida har yili tadbirlar oʻtkazilib kelinayotgani, tadbirlarda har tomonlama faol qatnashgan koʻzi ojiz nogironlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelinayotgani, bu nogironligi bor insonlarda oʻzlariga boʻlgan ishonch, kasb-hunar oʻrganishga intilishlari ortishida turtki boʻlayotgani taʼkidlandi.

Shu yil koʻzi ojizlar jamiyatining 90 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi 16-sonli maktabda shaxmat-shashka boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada jamiyat aʼzosi Ibragim Sultonov faxrli birinchi oʻrinni olgani, u 1983-yildan boshlab, to shu kungacha Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashib, tumanimiz sport sharafini himoya qilib kelayotgani va boshqa qator yutuqlar eʼtirof etildi.

Tadbirda jamiyat aʼzolariga masʼullar tomonidan sovgʻalar berildi va tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan musiqiy dastur namoyish etilib, barchaga xush kayfiyat ulashildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026