16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:36
Jamiyat 👁 237

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida seminar boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Jumladan, xalq ogʻirini yengil qilish, ularga “davlat-fuqaro” munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida koʻplab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilishi qanday tartibda amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Seminar tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov, yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyazova va bosh yuriskonsultlari Mansur Matyusupov, Shavkat Vaisniyazov, Jurʼat Avezov, Abror Tojiboyev, Said Sultanovlar boshchiligida oʻtkazildi.

Seminarni tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov ochib berdi va davlat xizmatlari sohasida yangidan tadbiq etilgan davlat xizmatlari turlari boʻyicha tushunchalar berdi.

Shundan soʻng, fuqarolarga Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan idora va tashkilotlarda yuridik tusdagi hujjatlarini rasmiylashtirilish tartibi, yillik mehnat taʼtillarini berish, taʼtilni uzaytirish va boshqa muddatga koʻchirish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat daftarchalarini yuritish tartibi va my.mehnat.uz sayti orqali rasmiylashtirish jarayonlari, xodimlarni intizomiy jazoga tortish va muddatidan oldin olib tashlash tartiblari haqida keng turda maʼlumotlar berildi.

Seminar davomida fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartib va qoidalari boʻyicha tushunchalar berilib, fuqarolardan kelib tushgan barcha savollarga toʻliq javoblar berildi.

 Shu bilan bir qatorda E-huquqshunos tizimi orqali kelib tushayotgan yuridik tusdagi hujjatlarni rasmiylashtirishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muhim jihatlarga toʻxtab oʻtildi.

Seminarda tuman Adliya boʻlimi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi boshligʻi Sanobar Xolbayeva koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish xizmatlarini soddalashtirish hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan qonunchilikdagi yangiliklar boʻyicha maʼruza qildi.

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining bosh maslahatchisi Davron Pirmanov esa maslahat byurosiga kelib tushayotgan mehnat nizolari, oilaviy munosabatlar, fuqarolarning ijtimoiy muhtoj qatlamiga nafaqa olish hamda qonunchilikdagi yangiliklar boʻyicha keng tarzda tushunchalar berdi.

Seminar davomida har bir mavzu boʻyicha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga qonuniy asoslantirilgan javoblar oldilar va seminardan mamnun boʻlib, bunday seminarlar tumanimizning chekka hududlarida ham sayyor tarza tashkil etilishi lozimligi boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019