30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:11
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,825

ULKAN FALABAGA MUNOSIB HISSA

ULKAN FALABAGA MUNOSIB HISSA

Har yili paxta yigʻim-terimiga safarbarlik boshlanganida "Amudaryoga”, deganxitobdan talaba yoshlar sevinib ketishadi. Ular oliygohimizda oʻqish jarayonida paxta-yigʻim terimida amudaryolik dehqonlarga hasharga kelib, ularning oʻz farzandlariday kutib olishlaridan, uyining toʻridan joy berib, gʻamxoʻrlik qilishidan koʻngillari shu el odamlari bilan bogʻlanib ketgan.

Xalqimizda asrlar osha yashab kelayotgan shunday anʼana bor: qiyin-qistovli kunda bir-birovga yordam beradi, tashvishlariga yelkadosh boʻladi. Uni oddiygina qilib hashar, deb ataymiz.

Butun mamlakatimizda dehqonlarimizning yil - oʻn ikki oy daladagi zahmatli mehnatlarining samarasi - yetishtirilgan moʻl paxta hosili yigʻim-terimi tobora avj olayotgan shu kunlarda umrboqiy anʼanamiz yuragida Vatan mehri, bilagida kuchi bor barchani paxtazorlarga chorlamoqda. Boisi, paxta dehqonning mehnati mahsuli boʻlsa-da, uni barvaqt yigʻib-terib olib, yuqori navlarga sotishdan barchamiz manfaatdormiz. Negaki, paxta mamlakatimizning asosiy qishloq xoʻjalik ekini, milliy boyligi.

Bizning Nukus Davlat pedagogika institutimiz talaba yoshlari ham har yili amudaryolik paxtakorlarga yigʻim-terimda koʻmakchi boʻladilar.

Oliygohimizda tahsil olayotgan 5200 nafar talabalardan 3800 nafari Amudaryo tumanida, 800 nafari esa Shoʻmanay tumanida paxta terimida qatnashmoqdalar. Tumanda 162 ta otryad tarkibida paxtakorlar bilan yonma-yon er-tadan kechgacha hosil terayotgan talabalarimizning gʻayrat-shijoati tahsinga loyiq boʻlayotir. Ular kuniga oʻrtacha 70-75 kilogrammdan paxta terishib, shu kungacha uygan xirmoni 3400 tonnadan oshib ketdi.

Ayniqsa, pedagogika, boshlangʻich taʼlim, tabiatshunoslik fakultetlari talabalari mavsumda boshqa fakultetlar talabalariga namuna boʻlishmoqda.

Mana 15-yildirki institutimiz yoshlarining Amudaryo tumanida xuddi oʻzlarining oilasidagidek iliq, mehrli maskanlarda yashayotganligi, mehnatlari munosib ragʻbatlantirilib borilayotganligi ularga yanada kuch-gʻayrat bagʻishlamoqda.

Shu oyning 27-sanasida "Oq oltin" ovulidagi "Ollambergan Hoji bobo" fermer xoʻjaligida har bir fakultetning eng ilgʻor terimchilaridan iborat 30 nafar talabalar orasida musobaqa tashkil qilindi.

Yigʻim-terimning borishini tuman rahbariyati vakillari, fermer xoʻjaligi raisi, otryad rahbari - hammamiz hayajon bilan kuzatdik. Hammaning koʻnglida shu savol: kim gʻolib boʻlarkan, qancha terarkan?

Dalada biri-biridan qolishmaslikka intilib paxta terayotgan yigit-qizlarni kuzatib, ularning shijoatiga qoyil qoladi odam. Nihoyat, kechqurun barchaning mehnati mahsuli taroziga tortilganida, pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi Bibimaryam Jiyamurodova 320 kg. paxta terib, musobaqa gʻolibi boʻldi.

Shu kuni 30 nafar talaba tomonidan 6659 kg. paxta terilib, har bir talabaga oʻrtacha 222 kg.dan toʻgʻri keldi.

28-sentyabr kuni eng ilgʻor 8 nafar talabalar orasidagi bellashuvda esa boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi Qamaroy Habibullayeva 377 kg. paxta terib, peshqadam boʻldi.

Musobaqada qatnashganlarning barchasi tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimi tomonidan yuksak baholandi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bunday eʼtibor, ragʻbatdan ruhlangan talabalarimiz bugun yanada oʻzgacha kuch-gʻayrat bilan ishga kirishdilar.

Xoʻjalikning musobaqa oʻtkazilgan 1,8 gektarlik dalasida birinchi terimning oʻzidayoq 37 tsentnerdan hosil yetishtirgan dehqonlariga, ularga rahbarlik qilayotgan fidoyi insonlarga chin qalbimdan taʼzim qilaman.

Paxta terimi! Ehtimol bu paxta dalasiga kirib koʻrmagan odam uchun ogʻir ishday tuyular? Biroq hayot yoʻli, koʻngli mamlakatimizning asosiy daromad manbai boʻlgan paxtachilik bilan bogʻlangan odam uchun juda maroqli, zavqli jarayon. Chunki terib olayotgan oppoq paxtangning har misqoli yurtimiz qudratiga qudrat qoʻshishi koʻnglingni quvonchga toʻldiradi. Va shu barobarida chanoqlardan toshib chiqib turgan oq momiq dehqonlarimizning yil boshidan beri dalada qishning izgʻirinida, yozning jazirama oftobi tigʻida qiyinchiliklarni pisand etmay, qilgan mehnatlari mahsuli ekanligini his etganing sayin hosilini tezroq, koʻproq terging kelaveradi.

"Hayt, degan tuyaga mador”, deyishadi. Ha, butun el ogʻzibirchilikda ezgu niyatlar sari birlashib intilsa, albatta samarasi quvonarli boʻladi. Bizning oliygohimiz talabalari ham paxtakorlar, turli kasb egalari, uyushmagan aholidan tuzilgan guruhlar bilan yonma-yon turib, amudaryoliklarning yuksak paxta xirmoni bunyod etilishiga munosib hissalarini qoʻshdilar. Shuning uchun ham butun tumanda hamma paxtachilikda erishilgan ulkan yutuq xabaridan shodumon boʻlayotgan ushbu damlarda talaba yoshlarimizning, biz oʻqituvchilarning ham quvonchimiz cheksiz.

Eng muhimi, dalalarda hali ham hosil oppoq boʻlib chamanday ochilib turibdi. Hatto hosili endi ilk bor terilayotgan dalalar ham bor. Biz kunning iliq kunlaridan foydalanib, qolgan hosilni yigʻishtirib olishga ham oʻzlarimizning munosib hissamizni qoʻshamiz.

Fursatdan foydalanib, yuksak "oq oltin" xirmonini bunyod etgan butun Amudaryoning oq koʻngil insonlarini, tuman rahbariyatini, barcha qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarini erishilgan ulkan gʻalaba bilan tabriklayman! Xirmonlar yanada yuksalaversin!

Tumanda paxta topshirish yillik rejasining ado etilishi quvonchi hukmron boʻlayotgan shu lahzalarda barcha oʻqituvchilar va murabbiylarni 1-oktyabr - kasb bayralari bilan ham qutlayman. Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishdek ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman.

Quvondiq QODIROV,

Ajiniyoz nomidagi NDPI prorektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026