30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:18
Fan va taʼlim 👁 3,329

Kelajak – maktab oʻqituvchisining qoʻlida

Kelajak – maktab oʻqituvchisining qoʻlida

Taʼlim-tarbiyaning targʻibotchisi oʻqituvchi ekanligini sharqning buyuk mutafakkirlari qayta-qayta eʼtirof etishgan.

Alloma Abu Nasr Farobiy fikricha, har bir inson ham baxtni va narsa-hodisalarni oʻzicha bila olmaydi. Unga buning uchun ustoz lozim va taʼlim-tarbiya jarayoni tajribali, ilmli ustoz tomonidan maʼlum maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilishi lozim.

"Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun qoʻygan asosiy maqsadlarga erishishda ham bosh rolni maktab pedagogik jamoasi oʻynashi sir emas. Bunda jamoaning aʼzosi boʻlmish oʻqituvchilarning kasbiy salohiyati, saviyasi juda muhim.

Oʻqituvchi zamondan bir-ikki odim oldinda boʻlishi kerak. Oʻz fani materillaridan tashqari davlatimiz siyosati, madaniyati va fanning boshqa sohalari boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlib, taʼlim jarayoniga ijodiy yondashib, ijobiy natijalar beradigan yoʻllarni aniqlay oladigan darajada malakali boʻlmogʻi kerak.

Fanga, ilmga muhabbat oʻqituvchiga muhabbatdan boshlanadi. Oʻqituvchi uchun oʻz oʻquvchisining mehr-muhabbati katta baxt, katta mukofot. Oʻqituvchi eʼtibor berishi lozim boʻlgan yana bir zarur xislat – odillikdir. Oʻquvchilar adolat bilan ish tutadigan, vaziyatga xolisona baho beradigan oʻqituvchini qadrlaydilar.

Yurtboshimiz I.Karimov soʻzlari bilan aytsak, "Oʻqituvchilik mansab emas, balki masʼuliyatdir”.

Shubhasiz, obroʻ qozonish oson ish emas, buning uchun oʻqituvchi yillar davomida har qanday pedagogik jarayonda har bir oʻtayotgan darsining muqaddasligini his qilib, masʼuliyatni sezishi kerak.

Yurtimizda oʻqituvchi-murabbiylar faoliyatiga yetarli eʼtibor qaratilmoqda, maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shu oʻrinda maktab faoliyatining muvaffaqiyatini chin dildan istagan har bir rahbar xodim avvalo mazkur maktab oddiy oʻqituvchilarining mehnatini, pedagoglik mahoratini toʻgʻri baholashi, u erishgan muvaffaqiyatlari uchun ragʻbatlantirishni adolatli tarzda toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi lozim. Chunki bugungi kundagi oʻqituvchining mehnati bundan oʻn yillar oldingidan ancha murakkabligi bilan farq qiladi.

Yurtimizda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida belgilangani oʻqituvchining jamiyatda yuksak mavqega ega ekanligining dalolatidir. Barcha ustozlarga shu eʼtiborga munosib boʻlishlarini tilab qolaman.

Toʻlgʻonoy POLVONOVA,

21-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026