01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:00
Jamiyat 👁 344

XOTIRALAR TILGA KIRGANDA

XOTIRALAR TILGA KIRGANDA

Umr – oqar daryo, deyishadi. Haqiqatan ham, kunlarimiz oqar suv kabi oqib oʻtaveradi, aslo ortiga qaytmaydi. Kunlar ketidan haftalar, oylar, yillar koʻz ochib-yumguncha oʻtib ketadi. Yillar bilan boʻy talashib, insonning bolalik, oʻsmirlik, yoshlik davri shirin xotiralarga joylanadi. Olis yillar xotiralari ogʻushiga qaytib yashash, ayniqsa, bolalik va oʻsmirlik davrining unutilmas lahzalarini eslash insonga olam-olam zavq bagʻishlaydi.

Amudaryo tumanidagi 24-sonli umumtaʼlim maktabini 2002-yilda tugatgan sobiq sinfdosh doʻstlarning 20-yildan keyingi uchrashuvi ana shunday hayajonli lahzalarga boy boʻldi.

1991-yilda maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan jajji bolajonlar bugun hayotning achchiq-chuchugini totigan, oila qurib, har biri bir nechta farzandlarining maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini oʻz zimmasiga olgan ota-onalar, oʻzlari faoliyat yuritayotgan mehnat jamoalarida hurmat-eʼtiborga munosib hamkasblar, tadbirkor va ishbilarmonlar darajasiga erishishgan.

Bolalikning  betakror orzulari, oʻsmirlik va yoshlik quvonchlari, begʻubor tuygʻulari bilan qayta oshno boʻlgan 21 nafar sobiq sinfdosh doʻstlar oʻzlarining jamiki shoʻxliklari-yu injiqliklarini koʻtargan va oq-qorani tanitib, mustaqil hayotga yoʻllagan muqaddas dargoh – maktab ostonasiga qadam qoʻyarkanlar, goʻyo oʻzlarini olis yillar xotiralari ichida yashayotganday his etdilar. Biri-biridan zavqli xotiralar ogʻushida oʻzlari taʼlim-tarbiya olgan sinfxonalariga kirib, aziz va moʻʼtabar ustozlari bilan dildan suhbat qurdilar.

Sobiq sinfdoshlarning birinchi oʻqituvchisi Uman Sogʻinboyeva har bir oʻquvchisining oʻziga xos xulq-atvori, ilm olishga boʻlgan qiziqishlari va intilishlari haqida toʻlqinlanib soʻzladi. Ayniqsa, alifboni oʻrganishdagi bolalarning oʻziga xos musobaqasi, karra jadvalini birgalikda yodlaganlarini maroq bilan faxrlanib hikoya qildi.

Ustoz va shogirdlarning dildan, samimiy suhbatlari, barchasi ulgʻayib, hayot haqidagi tasavvurlari, dunyoqarashlari kengaygan, jamiyatda oʻz oʻrniga ega shaxslar sifatida shakllanib ulgurgan sobiq sinfdosh doʻstlarining qadrdonlik tuygʻulari bilan kechgan diydorlashuv tadbiri fayzli dasturxon atrofida yanada joʻshqinlik kasb etdi. Sobiq sinfdosh doʻstlar bir-birlariga samimiy tilaklarini izhor etishdi. Oʻzlari erishayotgan yutuqlar, yangi rejalari xususida toʻlqinlanib soʻz yuritishdi. Barchasi birgalashib, ustozlarini sharaflovchi sheʼrlar aytishdi.

Tadbir davomidagi musiqiy lahzalar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. Sobiq sinfdosh doʻstlar raqsga tushib, bir-birlariga sheʼriy va musiqiy tabrik yoʻlladilar. Shu bilan birga oʻzlariga oq-qorani tanitib, joʻshqin hayot sari yoʻllagan qadrdon va muqaddas dargoh – maktab uchun oʻz sovgʻalarini topshirishdi.

Ota-onasiday mehr berib, orzulariga qanot bagʻishlagan aziz va moʻʼtabar ustozlariga guldastalar, hadyalar inʼom etdilar.

Sinfdosh doʻstlarning 20-yildan keyingi diydorlashuv marosimi hamisha aziz va biri-biriga qadrdon koʻngillarni yanada jipslashtirdi, goʻzal va betakror xotiralar tilga kirib, koʻngillarga joʻshqinlik baxsh etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026