Paxta terimida ilgʻor talabalar
Paxta yigʻim-terimi davrida tumanimiz paxtakorlariga hasharga kelgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 3800 nafar talabalari gʻayrat-shijoat bilan mehnat qilishib, "oq oltin" xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.
28-sentyabr kuni "Ollambergan hoji bobo" fermer xoʻjaligida eng ilgʻor 7 nafar terimchilar ishtirokida musobaqa uyushtirildi. Musobaqada 377 kilogramm paxta tergan boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi Qamaroy Habibullayeva gʻolib boʻldi.
Shuningdek, Farogʻat Rahimova, Sherzod Matirzayev, Jasur Sadaddinov, Bibimaryam Jiyamurotova, Oʻrolxon Xoʻjamurodova, Sharapat Abdijamilovlar ham yuqori natija qayd etishdi. Ularning bir kunlik mehnati natijasida 2 tonna 328 kilogrammlik xirmon bunyod boʻlib, har bir talabaga oʻrtacha 332 kilogramm paxta toʻgʻri keldi.
Suratda: musobaqa ishtirokchilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶