XOLIMBEG OVULIDA AHOLIGA SAYYoR TARTIBDA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILDI
Salomatlik− tuman boylik. Darhaqiqat, tana sogʻlom, ruh tetik boʻlsa, har qanday yumushni uddalash va muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Olimlarning aniqlashicha, aholi salomatligini mustahkamlashning 10 foizi tibbiyot xodimlariga bogʻliq boʻlsa, qolgan 90 foiziga profilaktika orqali erishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 25-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda “Mahallabay ishlash va kambagʻallikni qisqartirish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida aholiga malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida chekka hududlarda sayyor qabullar oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Shunga koʻra hududlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, aholiga sayyor tartibda tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.
Shu yil 22-iyun kuni rejaga muvofiq tumanimizning chekka hududlaridan biri boʻlgan Xolimbeg ovuli hududidagi 17-sonli umumtaʼlim maktabi binosida sektor rahbarining sayyor qabuli va ovul aholisi uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil qilindi.
Tibbiy koʻrik davomida tumanning malakali shifokorlari aholini qabul qilib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.
Aholiga nevropatolog, oftalmolog, ginekolog, endokrinolog va boshqa mutaxassis shifokorlar tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatilib, UZI va rentgen tekshiruvlaridan oʻtkazildi.
Kun davomida jami 441nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, tashxislar qoʻyildi. Shundan,181 nafar fuqaroda kasalliklar aniqlanib, 40 nafariga statsionar sharoitda davolanishga yoʻllanma berildi. Shuningdek, 10 nafar fuqaroga viloyat davolash-profilaktika markaziga yoʻllanma berildi.
Shuningdek, qabul davomida tuman prokurori Azizbek Roʻzmetov “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun boʻlib oʻtayotgan futbol musobaqasida tumanimiz sharafini munosib himoya qilib, yarim final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan “Xolimbeg yoshlari” jamoasi bilan suhbatlashib, ularga yarim final oʻyinlarida ham omad tiladi va sovgʻalar bilan taqdirladi.
Xolimbeg ovuli fuqarolari chekka hududlar aholisining salomatligini muhofaza qilishga yaqindan yordam berish maqsadida shu yerning oʻzida tibbiy koʻrik tashkil etilgani, oʻzlariga qaratilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar.
Bu kabi sayyor qabul va tibbiy koʻriklar aholiga katta qulaylik yaratish bilan birga, shifokorlarning oʻzaro tajriba almashishlari, davolashdagi ilgʻor ish uslublarini oʻrganishlariga, kasbiy bilim va malakalarini oshirishga ham xizmat qiladi.
Sayyor qabul davomida qabulga kelish imkoniga ega boʻlmagan 3 nafar fuqarolarning uylariga tashrif buyurilib, ular ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Sayyor qabul keyinchalik ham davom ettirilib, 2-sektor hududidagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶