Fan oyligi – fanni chuqur oʻrganishga zamin yaratadi
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan sentyabr oyi geografiya va iqtisodiy bilim asoslarifanlari oyligi deb eʼlon qilingan.Bizning maktabimizda ushbu oylik davomida mazkur fanlarning oʻqitilishi, qoʻshimcha tadbirlar tashkil etilishiga alohida ahamiyat qaratildi. Oʻquvchilarning iqtisodiyot va geografiya fanlariga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida fan oyligi davomida olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalarini amaliyotga tatbiq eta olishlari uchun turli koʻrik-tanlovlarva bellashuvlar tashkil etildi.
Bu oylik birinchi haftasida DTS va oʻquv dasturi boʻyicha oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalari monitoringioʻtkazildi. 6-, 7-, 8-, 9-sinflarda fan xonalari jihozlandi, tarqatma materiallar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, darslik, oʻquv qoʻllanmalari, atlas, yozuvsiz xaritalar bilan taʼminlandi. 6-sinflar orasida geografiyaga oid maketlar tayyorlandi. Iqtisodiy bilim asoslari fanida "Mening biznes rejam” mavzusi asosidakompyuter taqdimoti boʻlib oʻtdi. 8-sinflar orasida esa Iqtisodiy bilim asoslari fanidan referat tayyorlash tanlovi boʻlib oʻtdi. Geografiyadan "Nima? Qachon? Qayerda?” musobaqasi, 5-sinflarda davra suhbati boʻlib oʻtdi. 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Oʻlkamiz geografiyasini bilasizmi?” mavzusida geografiya fani bilimdonlari bellashuvi va bahs munozaralar uyushtirishdi. Maktabda yana boshqotirma burchagi, sinf oʻquvchilari tayyorlagan maketlar va koʻrgazmali qurollardan koʻrgazma tashkil etildi.
Shuningdek, qator mavzular boʻyicha "Namunali ochiq darslar” barcha sinflarda tashkil etildi. Bundan tashqari, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanib ochiq darslar oʻtkazildi.
Bu kabi amaliy ishlar oʻquvchilarning tegishli fanlarni chuqur oʻrganishlariga zamin yaratadi.
Maqsuda ABDULLAYeVA,
64-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶