01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:54
Jamiyat 👁 712

PROBATsIYa HISOBIDAGI 11 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

PROBATsIYa HISOBIDAGI 11 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

Navoiy nomli mahallada tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlarni muddatidan ilgari jazodan ozod qilishga doir ish Jinoyat ishlari boʻyicha Taxiatosh tuman sudi tomonidan sayyor tartibda koʻrib chiqildi.                      
Shu yil 23-iyun kuni fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan mazkur sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha Taxiatosh tuman sudi masʼullari, Amudaryo tuman prokurori yordamchisi Sanjar Xolmuradov, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Ruslan Iskandarovlar qatnashishdi.
Sayyor sudda masʼullar soʻnggi yillarda mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida mahkumlarni axloqan tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, tumanda ham ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazorati ostidagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, oʻqishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, eng asosiysi, shaxsni  tarbiyalash kabilar borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Shundan soʻng, Amudaryo tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan 11 nafar mahkumga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.
Sud davomida Probatsiya hisobida turgan mahkumlardan birining ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, 5-yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani, jazoning oʻtalmagan 3-yil 5 oydan ziyod muddati 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgani, qurilish tashkilotlaridan birida ishchi boʻlib ishlayotgani, shu kunga qadar jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilib kelayotgani maʼlum qilindi. Xuddi shu moddaning 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilgani uchun 3-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan 3 nafar mahkumning ham tegishli tartib-qoidalarga rioya qilib kelayotgani aytib oʻtildi.
Shuningdek, mahkumlardan yana 2 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi bilan jazoga tortilgani, 3-yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3-yil muddatga 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangani, oilaviy korxonalardan birida avtomobil yuvuvchi, ishchi boʻlib ishlab kelayotgani aytildi.
Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 2-qismiga koʻra jazoga tortilgan 2 nafar, 168-moddasi 2-qismiga koʻra 1 nafar mahkum, 131-moddasi 2-qismiga koʻra jazosini oʻtayotgan  1 nafar mahkumalarning ham hozirda oʻzining xulq-atvori, hatti-harakatlari bilan toʻliq tuzalish yoʻliga oʻtganligi, toʻgʻri hayot tarziga amal qilib, sogʻlom muhitda yashayotganligi taʼkidlab oʻtildi.
Sud ishi davomida tomonlarning fikrlari tinglanib, ish materiallari bilan taqqoslanib koʻrildi. Ish yakunida ushbu mahkumlar jazoni oʻtash tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargani va mehnatga halol munosabatda boʻlgani uchun oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Ularga doim toʻgʻri yashashga odatlanish lozimligi, jamoat joylarida axloq-odob qoidalariga amal qilishi, jinoyat yoʻliga endi kirmaslik kerakligi,  tushuntirildi.
Shuningdek, qilmishiga yarasha sud hukmiga koʻra berilgan jazoni oʻtashdan boʻyin tovlab kelganligi uchun 1 nafar mahkumga nisbatan belgilangan axloq tuzatish ishlari jazosi ogʻirroq turdagi, yaʼni ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.

A.Koshanov, Jinoyat ishlari boʻyicha Taxiatosh tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026