01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:38
Iqtisodiyot 👁 314

Hokim yordamchisi: Asosiy maqsadimiz − xalqni rozi qilish

Hokim yordamchisi: Asosiy maqsadimiz − xalqni rozi qilish

Turkmaniston Respublikasiga chegaradosh hududlardan biri – Amudaryo tumanining chekka hududlaridan hisoblangan Doʻrman ovulida hayot qaynamoqda. Bu yerda istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻtayotgan har bir kunidan rozi boʻlib, ertangi kunga umid bilan yashayotgani yuzlarida aks etib turibdi.

Doʻrman ovulida aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi Mahmudjon Narbayev ham bu borada oʻz vazifasini sidqidildan bajarib, ovulda tadbirkorlar safini kengaytirish, oilalarning daromad manbalariga ega boʻlishlarini taʼminlash maqsadida tizimli ravishda ish olib bormoqda.

Hokim yordamchisi ushbu lavozimga tayinlangan kunidan eʼtiboran aholini xatlovdan oʻtkazib, 4 toifaga ajratib oldi. Birinchi toifaga kiruvchi yaʼni, daromadi kam, lekin daromad topishga harakat qilayotgan xonadon egalaridan biri, Komil Hojiboyevning farzandlariga 25 sotixdan yer olishida amaliy yordam berildi. Bugungi kunda Hojiboyevlar oilasi oʻz oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyib qovun, tarvuz, sabzi, piyoz kabi poliz mahsulotlarini yetishtirmoqda.

Shuningdek, olingan hosil bozor rastalariga yetib bormasdanoq, xaridorgir boʻlib, dala boshida sotilmoqda. Xonadon egalari yetishtirilgan poliz mahsulotlarining birinchi terimida 15-20 mln. soʻm atrofida sof daromad koʻrish orqali oilaviy byudjetining barqarorlashuviga, qolaversa ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlanishiga ham hissa qoʻshdi.

 Aytish kerakki, mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari “xonadonbay” ishlash orqali aholi muammolarini oʻrganib bevosita hal qilmoqdalar.

Doʻrman ovulida xatlovdan oʻtkazilgan 501 xonadonda istiqomat qiluvchi 2 ming 661 nafar fuqarolarning ijtimoiy ahvoli oʻrganib chiqilib, yordamga muhtoj fuqarolarga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda. Jumladan, hokim yordamchisining saʼy-harakatlari bilan 32 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 34 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi. Shuningdek, 49 nafar fuqaroga dehqonchilik bilan shugʻullanishlari uchun yer maydonlari uzoq muddatga ijaraga berildi.

Bundan tashqari, oʻz tadbirkorligini chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha yoʻlga qoʻyishni istagan 9 nafar fuqaroga 221 mln. soʻmlik imtiyozli kredit evaziga zotdor sigir va qoʻy-echkilar olib berilgan boʻlsa, 6 nafar fuqaroga 187 mln. soʻmlik imtiyoli kredit evaziga texnika va asbob-uskunalar olib berilib, bandligi taʼminlandi.

Ovul aholisi orasida tadbirkorlikning baliqchilik, tikuvchilik va boshqa turlari bilan shugʻullanish maqsadida imtiyozli kredit olib, yuqori daromad manbaiga ega boʻlayotgan fuqarolar ham anchagina.

Hokim yordamchisining bevosita aralashuvi hamda yordami bilan bugun ushbu fuqarolarning bandligi taʼminlanib, oilaviy sharoiti yaxshilanmoqda. Eng muhimi, ular oʻtayotgan har kunidan rozi, erangi kunga ishonch bilan mehnat qilmoqdalar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026