30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,555

Mehnating samarasini koʻrish – baxt

Mehnating samarasini koʻrish – baxt
Bu yil mamlakatimizda 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jumladan, Amudaryo tumani paxtakorlarining ham munosib hissasi borligidan faxrlanamiz.
Prezidentimizning Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga yoʻllagan tabrigida ilgʻorlar qatorida bizning Amudaryo tumani ham qayd etib oʻtilgani tumanimiz ahlining mehnatiga berilgan yuksak baho, deb bilamiz.
Bugun, dehqonning yil-oʻn ikki oy qilgan mashaqqatli mehnati samarasi koʻrinib, gʻalvir suvdan koʻtarilganda shunday sharafga loyiq koʻrilish har qanday kishini toʻlqinlantirib, yangi zafarlar sari undaydi. Tumanimizda 42 ming tonnadan ortiq xirmon yaratilishida dehqon va fermerlarimiz bilan birga barcha qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining hissasi katta boʻldi.
Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada puxta oʻylangan va uzoqni koʻzlab amalga oshirilayotgan islohotlar yurtdoshlarimizning yerga, mulkka, mehnatga boʻlgan munosabatini, dunyoqarashini tubdan oʻzgartirib, qishloq va ovullarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, xalqimizning turmush sharoiti yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Bugun dehqonlarimiz nafaqat oʻz oilasi, ayni paytda mahallasi farovonligini taʼminlashga ham hissa qoʻshmoqda. Mana shu omillar qishloq xoʻjaligida erishayotgan ulkan yutuqlarimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Endilikda fermer xoʻjaliklari gʻallachilik va paxtachilik bilan cheklanib qolmasdan, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik kabi serdaromad tarmoqlarni, ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo va xizmat koʻrsatish sohalarini yoʻlga qoʻyish, hudud aholisini ish bilan taʼminlashga munosib hissa qoʻshmoqda. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar samarasidir.
Selektsiya masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, olim va mutaxassislarimizning amaliy hamkorligi yoʻlga qoʻyilgani tufayli "Omad”, "S-4727”, "Sulton”, "Porloq”, "Buxoro-8” kabi mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos, serhosil va ertapishar gʻoʻza navlari ekilayotgani yaxshi samara bermoqda.
Fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan mineral va mahalliy oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallarining oʻz vaqtida yetarlicha yetkazib berilgani muvaffaqiyatlar garovi boʻldi. Yigʻim-terim ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olishga 30 ming 640 nafar terimchi jalb etildi. "Omonboy Rajabov”, "Ulugʻbek Oʻrazboyev”, "Qurbongʻali Beshboyev”, "Kamoliddin Bekniyoz”, "Umida Tursunboyeva”, "Anvar Yoʻldoshev”, "Amu sohili” kabi koʻplab ilgʻor fermer xoʻjaliklari boshqalarga namuna boʻldi.
Prezidentimizning tabrigi biz, qishloq mehnatkashlarining koʻnglini togʻday koʻtarib, yanada gʻayrat-shijoat bilan ishlashga undamoqda. Shu kunlarda kelgusi yil hosiliga zamin yaratish ishlari boshlab yuborildi. Kuzgi gʻalla maysalarini sugʻorish, oziqlantirish ishlari davom etayotir. Paxtadan boʻshagan maydonlarni shudgorlash ishlari yakunlanmoqda.

Rajabboy Yoʻldoshev,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Amudaryo tumani hokimi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026