30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 2,617

BAXTIYoR BOLALAR YuRTI

BAXTIYoR BOLALAR YuRTI

Xalqimizda asrlar sinovidan oʻtgan ajoyib hikmat bor: "Mehnat kishini ulugʻlaydi”. Haqiqatan ham, inson oʻz halol va fidoyi mehnati tufayli qadr topadi. Hayotini, turmush tarzini ham Alloh tomonidan oʻziga berilgan ulugʻ imkon – mehnat tufayli bezaydi, oʻzgartiradi, yangilaydi. Shunday ekan, mehnatga munosabat turli ellarda, mamlakatlarda turlicha shakllarda namoyon boʻladi. Jahonning koʻplab davlatlarida hamon kuchli kuchsizni, boy kambagʻalni, hatto katta yoshdagilar oʻzidan kichiklarni, ayniqsa balogʻat va oʻsmir yoshiga yetmagan bolalarni yollab, ezib ishlatish holatlari mavjud. Shular haqida oʻylarkanman, yaqin oʻtmishda, sobiq shoʻrolar tuzumi davrida oʻzimning ham bolaligim, oʻsmirlik davrim dalada ketmon chopish, ming bora egilib-bukilib paxta terish bilan oʻtgani yodimga tushadi. Oʻsha ogʻir yillarda to dekabr oyining qor-qirovli kunlarida ham oyoqlarimiz muz qotib paxta terganimiz, kechalari ota-onamiz bilan birga koʻsak chuvib chiqqanlarimizni, oʻquvchi boʻlsak-da ertalab zimmamizdagi falon kilo paxta terish "norma”mizni bajarishga intilgan kunlarimizni oʻylasam, bugungi fayzga toʻla hayotga shukronalar aytaman.

Ming bora shukurki, mustaqillik tufayli Oʻzbekistonda inson mehnatiga, inson omiliga munosabat tubdan oʻzgardi. Ayniqsa, bolalar va balogʻat yoshiga yetmagan oʻsmir-yoshlar mehnatidan foydalanishga chek qoʻyildi. Bugungi Oʻzbekiston bolalari, yoshlari mehnat qachon insonni ulugʻlashini, inson qaysi yoshdan mehnat maydoniga kirishi mumkinligini juda yaxshi biladilar. Birov kelib "dalaga chiq”, desa, ergashib ketavermaydilar. Chunki, bugungi oʻquvchi-yoshlarimiz bizdan koʻra aqlli, bilimdon. Eng asosiysi, mamlakatimizda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishni cheklashga doir qonuniy asoslar yaratilgan.

Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarini amalga oshirish maqsadlarini ifoda etuvchi qator qarorlar qabul qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-maydagi "Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarini 2014-2016-yillarda amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarorining hayotga tatbiq etilishi natijasida joriy 2014-yilda ham taʼlim muassasalarida va oilalarda kelajagimiz egalari boʻlgan bolalarni ogʻir mehnatga jalb qilishga chek qoʻyildi. Endilikda mamlakatimizda ota-ona yoki taʼlim muassasasi xodimi voyaga yetmagan bolalarni ogʻir mehnatga jalb qilish, yollab ishlatishi jinoyat ekanligini ham yaxshi bilishadi.

Tumanimizda esa Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori hamda Xalqaro mehnat tashkilotining bolalar mehnatidan foydalanishni taʼqiqlashga doir muhim qonuniy hujjatlari soʻzsiz ijro etildi.

Eng asosiysi, yurtimizda kelajagimiz egalarining har tomonlama yetuk insonlar boʻlib yetishishi, chuqur bilim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Dunyoning hech bir mamlakatida taʼlim tizimiga, yosh avlod tarbiyasiga bizning yurtimizdagidek davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmasa kerak. Hatto eng chekka qishloqlarimizda ham zamonaviy koʻrinishdagi taʼlim maskanlari, sport inshootlari, maʼnaviyat-maʼrifat markazlari oʻquvchi-yoshlarni oʻz bagʻriga olgan.

Bir vaqtlar, aniqrogʻi, yaqin oʻtmishda – shoʻrolar tuzumi davrida farzandlarimiz qahraton qish kirguncha bir necha oylab paxta terimiga jalb etilgan boʻlsalar, mustaqillik bolalari asosiy vaqtlarini ilm sirlarini oʻrganishga, darsdan boʻsh paytlarini esa musiqa, sport va boshqa sohalar boʻyicha tashkil qilingan toʻgaraklarda oʻtkazmoqdalar, hunar oʻrganishga bagʻishlamoqdalar. Tumanimizning chekka qishlogʻi – Boʻz yop ovulidagi bizning 10-sonli maktabimiz oʻquvchilari ham kuzning ilk kunlarida yangi oʻquv yilini boshlab, ayni kunlarda ikki oy davomida olgan bilim-larini sinovdan oʻtkazib, oʻquv yilining birinchi choragini muvaffaqiyatli yakunlamoqda.

Bugun barcha sharoitlarga ega zamonaviy taʼlim maskanlarida ilm oʻrganayotgan oʻquvchilar orasidan ertaga fermerlar, sanoatchilar, tadbirkorlar, olimlar, davlat va jamiyat arboblari yetishib chiqishiga albatta ishonamiz. Chunki, ularning har jihatdan yetuk va barkamol avlodlar boʻlib shakllanishi davlat va jamiyat eʼtiborida.

 

Gulasal MATYoQUBOVA,

10-sonli maktab direktori,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026