Amudaryo tumani davlat arxivida jami 35 ming 699 ta hujjatlar saqlanmoqda
Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan va hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbaidir. Shu sababli arxivlar “tarix koʻzgusi” deya eʼtirof etiladi. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ayniqsa tumanlardagi davlat arxivlarini har tamonlama qulay va zamonaviy sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani davlat arxivida tumanimiz halqining moddiy va maʼnaviy xayotini aks ettiruvchi, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan milliy arxiv fondi arxiv xujjatlari bilan boyitib borilmoqda.
Bu yerda arxiv hujjatlarini qabul qilish va saqlash, noyob hujjatlarni restavratsiya qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan va Amudaryo tuman davlat arxivi oʻz zamonaviy ofisi hamda namunali arxivxonalariga ega.
2006-yildan 2022-yilning shu davriga qadar sovet davri va mustaqillik yilliraga tegishli 231 ta fond va ularda milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi doimiy saqlanadigan 20 ming 829 ta xujjatlar, shaxsiy tarkibga oid 14 ming 870 ta, jami 35 ming 699 ta xujjatlar saqlanmoqda.
2022-yil uchun belgilangan yillik reja doirasida Milliy arxiv fondi xujjatlarining saqlovini taʼminlash boʻyicha 60 ta xujjatlarni taʼmirlash, 171 ta hujjatlarni muqovalash va tikish ishlari olib borildi.
Muassasada davlat saqlovidagi arxiv xujjatlarining saqlanish holatini yaxshilash, ish jarayoniga zamonaviy axborot-komunikatsiya tehnologiyalarini joriy kilish, moddiy texnika bazasini yaxshilash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi va 2022-yilning shu davriga qadar milliy arxiv fondi xujjatlaridan 82 ming 441 ta kadrning elektron nusxasi yaratildi.
Milliy arxiv fondi xujjatlarining davlat hisobi ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish va rivojlantirish fondlari hamda hujjatlarni qabul qilish boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri davomida doimiy va shaxsiy tarkibga oid 7 ta fondga 276 ta, shuningdek saqlash muddati vaqtinchalik boʻlgan 664 ta xujjat qabul qilindi.
Davlat arxivida saqlanayotgan xujjatlarning mavjudligini va xatlovini tashkil qilish boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri davomida 612 ta xujjatlarning mavjudligi tekshirildi.
Amudaryo tumani davlat arxivida saqlanayotgan xujjatlar doirasida fukarolarning ijtimoiy-xuquqiy va mavzuli soʻrovlari boʻyicha jami 2093 ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan 2083 ta murojaat koʻrib chiqildi va barcha murojaat egalariga oʻz vaqtida javoblar berildi va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mavzuli soʻrovlar boʻyicha 1754 ta murojaatlar kelib tushgan va 1739 ta murojaatga ijobiy javob berilib, 15 ta murojaat egasiga zarur tushunchalar berildi.
2022-yilning ikkinchi yarim yillik rejasiga muvofiq davlat arxivida saqlanayotgan xujjatlarni mobil stelajlar bilan taʼminlash, kadrlar malakasini oshirish, saqlanayotgan xujjatlardan 120 mingtasining elektron nusxalarini yaratish rejalashtirilmoqda.
Muassasada mijozlarga namunali xizmat koʻrsatish, xodimlar malakasini oshirish, har bir xodimning oʻz malakasiga muvofiq ravishda faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, arxivchi-xodimlarning zamonaviy texnologiyalar asosida samarali faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli tuman davlat arxiviga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berilayotganidan mijozlar mamnun.
B.Jumaniyazov, Amudaryo tumani davlat arxivi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶