29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 20:48
Siyosat 👁 286

Tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zero, yoshlar – Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridir.

Shu eʼtibor va gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasi sifatida joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. 15-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham shular jumlasidandir. Uchrashuvda yoshlarning takliflari, muammolari tuman hokimi va tegishli tashkilotlar masʼullari tomonidan tinglandi.

Uchrashuvda tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarga javoban ularning taʼlim, fan, ishlab chiqarish, tibbiyot, sport sohasida erishayotgan yutuqlari haqida oʻzining iliq fikrlarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼtlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida yosh tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlar, qulayliklar hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar haqida tuhtalib oʻtdi.

Qolaversa, 2022/2023 oʻquv yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi oʻquv yillari uchun esa har yili 1-sentyabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangani yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, sektor rahbari yoshlarni ijtimoiy va siyosiy faol boʻlishga, vatanparvarlik va hamjihatlik xislatlarini toʻliq namoyon qilishga undadi.

Tuman hokimining yoshlar bilan boʻlib oʻtgan ochiq va samimiy uchrashuvida ularning kundalik turmushida uchrayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan muloqot qilindi.

Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini va Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi faol yoshlaridan bir nechta murojaatlar kelib tushdi. Bandlik, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, kontrakt-toʻlovining qoplab berilishi kabi masalalar shular jumlasidandir.

Murojaatlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilovga hamda masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar natijasi oʻlaroq tumandagi koʻplab yoshlar oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganlar.

Yoshlarning tadbirkorlik va hunarmandchilik loyihalarini qoʻllab kuvvatlash maqsadida tumandagi 646 nafar yurtdoshlarimizga 14 mldr. 200 mln. soʻm kreditlar ajratildi. Natijada 670 ta ish oʻrni yaratildi. Bunday koʻrsatkichlar albatta, ertangi kunga ishonch va mehnatsevarlik bilan harakat qilayotgan yoshlarning erishayotgan muvafaqqiyatlaridir.

Yigʻilish yakunida tuman hokimi yoshlarga murojaat qilib, bugun amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining barchasi yoshlar uchunligini, ular oʻz ustida doimiy ishlab, hamisha yuqori marralarni zabt etishga intilishlari lozimligini taʼkidladi.

Tuman hokimliging Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026