SAYYoR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sud organlari tizimida odil sudlovni taʼminlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli ximoya qilish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi tomonidan olis qishloq va mahalalarda yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. 2022-yil 17-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasurbek Urazbayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Qayrilla Atamuratov, iqtisodiy ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudining sudyasi Bayram Bekmuratovlar tumanimizning Qilichboy ovuli fuqarolarni qabul qildilar.
Sayyor qabulda 21 nafar fuqarorlar turli masalalarda murojat qildi. Yaʼni 5 nafar fuqaroning meros boʻlib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlash yuzasidan, 2 nafar fuqaroning Kadastr agentligi tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi yuzasidan, 2 nafar fuqaroning oilasiga moddiy yordam masalasida, 2 nafar fuqaroning farzandlari toʻlov sharnoma asosida taʼlim olayotganligi sababli, kantrakt toʻloviga yordam masalasida va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Masʼullar aholi murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berdilar, ayrimlari ijobiy hal qilish uchun nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan soʻng jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi J.Urazbayev “Zoʻravonlikka qarshi kurashda demokratik islohotlar” haqida, Iqtisodiy ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudining sudyasi B.Bekmuratov Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Q.Atamuratov “Odam savdosi va ayniqsa, bolalar savdosiga qarshi kurashishda milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlar” yuzasidan maʼruzalar qildilar.
Shundan keyin fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan boshqada savollariga javoblar oldilar.
J.Urazbayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶