16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:47
Jamiyat 👁 162

Qumyopda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda

Qumyopda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 15  yanvarida “Mahallabay” ishlash va kambagʻallikni qisqartirish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar”ga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Unda “mahallabay” ishlash va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida  aholini ish bilan taʼminlash, aholining uylari atroflarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida ham rejalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanning qoloq va sharoiti ogʻir ovul, mahallalari aniqlanib, ushbu hududlarda qurilish, aholining uyi atroflarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlar uchun ajratilayotgan mablagʻlar maqsadli sarflanib, ishlar samarali amalga oshirilayotir.

Tumanimizning chekka hududi – Qangli ovulidagi Qumyop mahallasida ham ushbu yoʻnalishda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari keng koʻlamda olib borilyapti.

Xususan, shu yilning 27-avgustidan 15-sentyabrigacha 1,2 kilometr uzunlikdagi 3 ta koʻcha asosi tuproq bilan koʻtarilib, tosh-shagʻal toʻkishga tayyorlandi. 20 ta koʻchaning 7,8 kilometr uzunlikdagi qismiga tosh-shagʻal yotqizildi. 330 ta uy-joylarning fasad qismi tartibga keltirilib, obodonlashtirildi va devorlari boʻyaldi.

Mahalla hududidagi asosiy avtomobil yoʻlining 1 kilometriga tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Mahalla fuqarolar yigʻini binosi homiylar mablagʻlari hisobidan kapital taʼmirlanmoqda. Shuningdek, hududdagi 44-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mahalliy byudjetning 248,5 million soʻm mablagʻi hisobiga taʼmirlanmoqda. Taʼmirlash ishlari pudratchi tashkilot “Kamolov eshiklari” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchi ustalari tomonidan sifatli amalga oshirilayotir.

Hududdagi 74-sonli maktab binosi ham taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi inobatga olinib, binoda oʻquvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy byudjetning 435 million soʻmdan ziyod mablagʻi hisobiga sifatli taʼmirlanmoqda. Bu ishlarni “Mangʻit invest maksimum” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari ado etishmoqda.

Mahalla oʻsmir-yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni sport mashgʻulotlariga jalb qilish, sportning ommaviyligiga erishish maqsadida sport maydonchasi bunyod etildi. Shuningdek, “tashabbusli byudjet” mablagʻlari hisobidan 1 ta transformator va 34 ta tayanch ustunlar oʻrnatilib, elektr taʼminoti sifati yaxshilandi, 2 kilometrlik  uzunlikda  elektr liniyasi tortildi.

Mamlakatimizda aholi turmushi sifatini oshirish, inson qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar eng chekka hududlarda ham yaqqol namoyon boʻlayotgani kishini quvontiradi, ertangi kunga ishonchini oshiradi. Buni tumanimizning Qumyop mahallasi misolida ham koʻrishimiz mumkin. Qumyopda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari shu kunlarda ham qizgʻin davom ettirilmoqda.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019