16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:47
Jamiyat 👁 332

Tumanda “Keksalar haftaligi” yuqori saviyada oʻtkazilmoqda

Tumanda “Keksalar haftaligi” yuqori saviyada oʻtkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi qarori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangani buning yorqin ifodasidir.

Bu yil ham Amudaryo tumanida “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada tashkil qilinmoqda.

Haftalik davomida keksalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatilmoqda. 4-oktyabr kuni ertalabdan tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarov hamrohligida Nazarxan ovulida istiqomat qiluvchi 1921-yilda tugʻilgan onaxon Turgʻangul Dosnazarovaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida onaxon bilan dildan suhbat qurilib unga pul mukofoti topshirildi.

Mavzuga oid fotoreportaj

Shundan soʻng masʼullar Choykoʻl ovulida istiqomat qiluvchi 1917-yilda tugʻilgan Katcha Bekanovaning xonadoniga ham tashrif buyurdilar. Onaxon bu yil 105 yoshni qarshi oldi. Koʻp yillar mobaynida qishloq xoʻjaligi sohasida fidoiylarcha mehnat qilib, ortda qolgan umrini el xizmati, farzandlar tarbiyasiga bagʻishlagan ushbu onaxonga ham pul mukofoti topshirildi. Tibbiyot xodimlari onaxonning salomatligini koʻrikdan oʻtkazib, zarur tavsiyalar berdilar.

Xizr eli mahallasida yashovchi 1915-yilda tugʻilgan onaxon Parda Bekniyazova ham el-yurtga hamisha oʻrnak boʻlib kelgan, uzoq yillar mobaynida qishloq xoʻjaligi sohasida samarali faoliyat yuritgan onaxonlardan. Masʼullar onaxon holidan xabar olishib, uning oilaviy ahvoli, yashash sharoiti bilan  tanishib, onaxonga pul mukofotini topshirdilar.

Keksa-nuroniylar xonadonimiz koʻrki, dasturxonimizning fayzu-barakotidir. Ularning qilgan xayrli duosi hayotimiz, oilalarimiz, Vatanimiz hamda yoʻlimizni nurafshon etib turadi va yaxshi ishlarga undaydi. Yoshi ulugʻ otaxon-u moʻʼtabar onaxonlarimizni eʼzozlash va ularni qadrlash, ularning hurmatini joyiga qoʻyish bizning uzoq asrlik urf-odatlarimiz, milliy anʼanalarimiz hamda yashash tarzimizning ajralmas bir boʻlagiga aylangan desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Bu birinchi navbatda keksa avlod vakillariga boʻlgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish boʻlsa, ikkinchidan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va tajriba maktabi hamdir. Ayniqsa, uzoq yillardan buyon umurguzarolik qilib, bir-birlari bilan ahil va inoq yashab kelayotgan otaxon va onaxonlar yosh oilalar uchun haqiqiy ibrat maktabidir. “Keksalar haftaligi” doirasida mana shunday namunali oila sohib va sohibalari holidan ham xabar olindi.

Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi, 70-yildan buyon bir oila boʻlib tinchlik va totuvlikda umr kechirayogan Quvvat ota hamda Roziya ona, Gulzor mahallsida istiqomat qiluvchi 61-yildan beri bir oila boʻlib yashab kelayotgan, farzandlarini el-yurtga munosib xizmat qiluvchi insonlar qilib voyaga yetkazgan va ayni kunlarda keksalik gashtini surayotgan Matnazar ota va Xoljon onalarning holidan ham xabar olindi.

Shuningdek, Boyovul mahallasida istiqomta qiluvchi Qozoq ota va Enajon momo 62-yildan buyon, Oybek nomli mahallada istiqomat qiluvchi Erdash ota hamda Jangil ona 60-yildan buyon, Oybek nomli mahallada yashovchi Azat ota va Oʻgʻiljon ona 60-yildan buyon, Chordara mahallasida yoshovchi Bashir ota va Umitgul ayalar 60-yildan beri birgalikda umirguzarolik qilib tinch-totuv yashab kelayotganligi, ushbu oilalarda el koriga yaraydigan solih farzandlar voyaga yetib, Vatanimiz taraqqiyotga munosib hissa qoʻshayotganligi eʼtirof etildi hamda xonadon egalariga pul mukofotlari topshirildi.

Kunning ikkinchi yarmida tumandagi “Xonsaroy” mehmonxonasida tumanda koʻp yillar davomida turli sohalarda mehnat qilib, ayni kunlarda qarilik gashtini surayotgan nuroniylar ishtirokida katta tadbir boʻlib oʻtdi.

Mavzuga oid fotoreportaj

Tadbir avvalida hunarmandlar tomonidan mohirona ishlangan milliy hunarmandchiligimiz namunalari boʻlgan milliy qoʻgʻirchoqlar, qishloq xoʻjaligi va uy-roʻzgʻor boʻyimlari, momolarimiz taqqan zebu-ziynat buyumlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Tadbirga tumanning har bir mahallasida yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol nuroniylar, fuqarolar yigʻinlarining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchilari, faol yoshlar taklif etildi.

Tadbirda nuroniylar uchun dasturxon yozildi, tumanimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarov nuroniylarimizning Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligiga qoʻshgan hissalarini eʼtirof etib, ularning pandu nasihatlari yosh avlod tarbiyasida gʻoyat katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, yurtimizda keksa avlod vakillari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar ham tilga olindi. Birgina mazkur haftalik doirasida nuroniylarning Toshkent shahri va viloyatlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining diqqatga sazovor joylariga sayohati tashkil etiladi. Barcha ziyoratgoh va qabristonlarda hamda yakka-yolgʻiz keksalarning xonadonlarida hasharlar oʻtkazilib, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga, sanatoriya-kurortlarda sogʻlomlashtiish va davolanishlari uchun sharoitlar yaratilishiga alohida eʼtibor berlada.

Shuningdek, har bir mahallada yashovchi keksa avlod vakillari reja asosida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sogʻligʻini tiklashlari uchun amaliy yordamlar koʻrsatiladi.

Keksa avlod vakillariga boʻlgan eʼtibor hamda gʻamhoʻrlik mamlakatimizda “Inson qadri har narsadan ulugʻ” tamoyilini har tamonlama chuqur qaror toptirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarov tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat yuritayotgan keksalar masalalari boʻyicha maslahatchilarga 300 ming soʻmdan pul mukofotini topshirib, ularni yanada faol boʻlishga chaqirdi. Ayniqsa, yangi hayot ostonasida turgan yoshlarga ularning pand-nasihatlari nihoyatda muhim ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda 70 nafar nuroniyga jamoat ishlarida faolligi, oilalar tinchligi, yosh avlodni namunali qilib tarbiyalashda qoʻshgan hissalari uchun tuman hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi. Uchrashuv goʻzal kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.

Biz uchun ota-bobolarimiz, nuroniy keksa ota-onalarimiz katta boylikdir. Ularni asrab avaylash, hurmat koʻsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Zero, qariyalar qadr topgan xonadonda, nuroniylar eʼzozlangan yurtda hamisha mehr-oqibat, qut-baraka hamda tinchlik-xotirjamlik hukmron boʻladi.

Fotima Eshimbetova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019