01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:11
Jamiyat 👁 383

“Keksalar haftaligi” doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi

“Keksalar haftaligi” doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

“Keksalar haftaligi” – deb nomlangan ijtimoiy-maʼrifiy loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan butun mamlakatimiz boʻylab har yili muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Jumladan, Amudaryo tumanining har bir mahallasida ham keksalar ishtirokida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tarixiy maskanlarga sayohatlar tashkil etildi. Undan tashqari, haftalik doirasida yoshi ulugʻ nuroniylar holidan xabar olinib, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Haftalik doirasida keksalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan sport musobaqalari esa ularning yanada sogʻlom va bardam boʻlishlarida muhim vosita boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Mana shunday sport musoboqalaridan yana biri 8-oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. Keksalarimiz dastlab “Salomatlik uchun 5000 qadam” loyihasi doirasida piyoda yurish mashqini bajardilar.

Muntazam ravishda piyoda yurish — qon bosimini meʼyorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, qondagi xolesterin miqdorini meʼyorlashtiradi.

Ilmiy tadqiqotlarning koʻrsatishicha, aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashgʻulot hisoblanib, olimlar haftasiga kamida 5-marta, kuniga 30 daqiqa piyoda yurishni tavsiya qiladi.

Olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bogʻliq 48 ta ilmiy ishni koʻrib chiqqach, haftasiga 3-marta 30 daqiqa davomida meʼyoriy jismoniy harakat bilan shugʻullanish yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan oʻlim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi oʻlim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan. Ayniqsa, keksa yoshdagi odamlar uchun jismoniy faollik, xususan piyoda yurish nihoyatda foydali hisoblanadi.

Nuroniylar 5 ming qadam yurishib, Yangiobod mahallasi hududidagi sunʼiy qoplamali sport maydonchasiga bordilar. Bu yerda ular ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Mashqlar avvalida katta yoshli aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzining ahamiyati, aholi keng qatlamlari, ayniqsa nuroniylarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish, ertalabki badantarbiya va toza havoda sayr qilishning sogʻlik uchun foydali jihatlarini haqida maʼlumotlar berildi. Nuroniylar qoʻl, oyoq va tananing boshqa aʼzolari uchun alohida jismoniy mashqlarni bajarib, badantarbiyadan keyin oʻzlarini yanada tetik his qildilar.

Mashqlar yakuniga yetgach keksalar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi. Qizgʻin tarzda davom etgan sport musobaqasini tajribali hakamlar boshqarib bordi.

“Keksalar haftaligi” doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalarida yoshi ulugʻ onaxonalar hamda oʻrta yoshli ayollar ham faol ishtirok etishdi. Ular uchun voleybol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa shiddatli va murosasiz kechdi. Oilada, ishda umuman har sohada chaqqon ayollar sport sohasida ham uddaburon ekanligini amalda namoyish etishdi.

Shuningdek, keksalar oʻrtasida sportning shashka va shaxmat turlari boʻyicha ham musobaqalar oʻtkazildi. Yakuniy natijalarga koʻra shashka boʻyicha Toshyop ovulida istiqomat qiluvchi otaxon Sabirboy Babatayev birinchi oʻrinni, Oʻrta qalʼa ovulida istiqomat qiluvchi Rajab Saparov ikkinchi oʻrinni, Uyshin mahallasida yashovchi Mahsud Abduraimov uchinchi oʻrinni egalladi.

Undan tashqari, keksalar oʻrtasida sportning turnikda tortinish turi boʻyicha ham musobaqalar boʻlib oʻtdi. Unda Qizilcholi mahallasining faol nuroniysi Jumaboy Matafayev faxrli birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻringa Boʻz yoplik Qoʻchqorboy Rajabov munosib deb topildi. Uchinchi oʻrin esa Beruniy mahallasining faol nuroniysi Sobir Baltayevga nasib qildi.

“Keksalar haftaligi” doirasida sportning stol tennisi va Workout turlari boʻyicha ham musobaqalar tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, stol tennisi boʻyicha Oybek mahallasida yashovchi Jumaboy Yavkashev mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Doʻrman ovulida yashovchi Marat Sattarov ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin Qipchoq ovulida yoshovchi Yoʻldosh Narbayevga nasib qildi.

Shaxmat musobaqasi uzoq davom etdi. Bir biriga munosib raqiblar ishtirok etgan murosasiz jangda Qizilcholi mahallasi nomidan qatnashgan otaxonlar gʻoliblikni qoʻldan berishmadi. Shaxmat boʻyicha birinchi oʻrinni Mamatsoliy Matyakubov egalladi. Ikkinchi oʻrin Charsham Matapayevga nasib qildi. Uchinchi oʻrinni esa Jumaboy Matafayev egalladi.

Shaxmat musobaqasida Koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlinmasi aʼzolari ham faol ishtirok etishdi.

Sport musobaqalari davomida nuroniylar uchun yengil tushlik tashkil etildi. Ular oʻz vaqtida hordiq olib, yana sport musobaqalariga kirishib ketishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan barcha ishtirokchilar tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimining qimmatbaho sovgʻalari va diplomlari bilan taqdirlandi.

Musobaqlar yakuniga yetgach, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi maslahatchisi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi Bahadir Balatabayev hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekmon ota Allaberganovlar tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan 3 nafar nuroniyning holidan xabar olishdi. Ularning tezroq oyoqqa turib, sogʻayib ketishini tilab duolar qilishdi.

“Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida oʻtkazilgan “Keksalar haftaligi” nuroniylarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning ifodasidir. Shunday ekan, xonadonlarimiz fayzi va farishtasi boʻlgan keksalarni hamisha eʼzozlab, ularga hurmat bajo keltirish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026