13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni
TABIIY OFATLAR - INSONIYaTGA KATTA XAVF
Har bir inson favqulodda vaziyatlar yuz berganda, asosan tabiiy ofatlar sodir boʻlganida toʻgʻri harakat qilishni bilishi, ulardan himoyalanish qoidalarini oʻziga yoshlikdan oʻzlashtirishi lozim. Bu boʻyicha kengroq tushunchalar berish maqsadida mamlakatimizda har yili 13-oktyabrda “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” keng turda oʻtkazilib kelinmoqda.
Dunyo boʻyicha hech bir davlat favqulodda vaziyatlardan toʻliq kafolatlanmagan. Sababi, tabiiy ofatlar mavsum, vaqt tanlamaydi va uni boshqarib ham boʻlmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim davlatlarida yer silkinishlar boʻlsa, boshqa davlatlarda sel va suv toshqinlari sodir boʻlmoqda. Natijada koʻpchilik davlatlar tabiiy ofatlardan koʻproq jabr koʻrmoqda hamda bu mamlakatlar iqtisodiyotiga aks taʼsirini koʻrsatmoqda. Shu sababli dunyo yuzidagi katta masshtabdagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish natijasi shuni koʻrsatadiki, ularning oqibatlarini kamaytirishning birdan bir chorasi – aholini tabiiy ofatlar vaqtida toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash hisoblanadi.
Respublikamiz hududining koʻpchilik qismi seysmik hudud ekanligini, yer silkinishi, sel va suv toshqinlari, tuproq hamda qor koʻchkilari bilan bogʻliq boʻlgan tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligini hisobga oladigan boʻlsak, biz ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratishimiz, har doim sergak boʻlishimiz kerak.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶