01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:24
Jamiyat 👁 379

NURONIYLAR UChUN "EHTIROM, EʼZOZ, EʼTIBOR" DEB NOMLANGAN KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

NURONIYLAR UChUN "EHTIROM, EʼZOZ, EʼTIBOR" DEB NOMLANGAN KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

"Keksalar haftaligi" doirasida nuroniylarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Madaniyat boʻlimi hamkorligida "Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor" deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy musiqali kecha tashkil etildi.

13-oktyabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimining kontsertlar zalida boʻlib oʻtgan tadbirga 200 dan ziyod faxriylar va nuroniylar tashrif buyurdilar.

Tadbir boshlanishida tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari haftalik doirasida oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi hamda yurtimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan eʼzoz va eʼtibor, gʻamxoʻrliklarni tilga olib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur boshlandi. Dastur davomida tuman sanʼatkorlari, Madaniyat markazlari toʻgaraklarining yosh havaskorlari mumtoz kuy va qoʻshiqlar, xorazmcha va estrada yoʻnalishidagi shoʻxchan navolar, dilrabo va jozibali raqslarni ijro qilib, tadbirga tashrif buyurgan otaxon va onaxonlar eʼtiboriga havola etishdi. Keksalarga, ayniqsa, “Uchqun” ashula va raqs ansambli, “Ofarin” folklor jamoasi ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar juda manzur boʻldi.

Insoniylik, mehr-muruvvat, bagʻrikenglik kabi ijobiy xislatlar shu yurt, millat farzandi boʻlgan har bir insonga xos, desak aslo mubolagʻa emas. Shu bilan birga yoshi ulugʻ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning koʻp yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qimmatli maslahatlaridan bahramand boʻlish va duolarini olish ham xalqimizning ulugʻ qadriyatlaridan biri sanaladi. Aytish joizki, ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham oʻz ifodasini topmoqda.

Keyingi yillarda nuroniylarning nafaqa va pensiyalarini oʻz vaqtida, ular istagan shaklda yetkazib berish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar mamlakatimizdagi barcha yoshi ulugʻ insonlar ogʻirini yengil qildi.

Yurtimiz boʻylab 3-9-oktyabr kunlari davomida “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida boʻlib oʻtgan “Keksalar haftaligi” tadbirlarida ham yoshi ulugʻ insonlarga hurmat, eʼtibor koʻrsatildi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan haftalik doirasida tumanimizda ham keksalar holidan xabar olindi, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatilib, turli sovgʻalar berildi. Nuroniylar tarixiy va ziyoratgoh maskanlarga sayohatlarga, sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlariga jalb etildi. Bepul tibbiy koʻriklar tashkil etilib, salomatliklari tekshiruvdan oʻtkazildi.

“Keksalar haftaligi” tadbirlarining yakuni sifatida oʻtkazilgan musiqiy kechada nuroniylar miriqib hordiq chiqardilar. Eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan koʻngli togʻdek koʻtarilgan nuroniylar bu kabi ehtirom, eʼzoz uchun barcha tashkilotchilarga, masʼullarga minnatdorchilik bildirdilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026