01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 11:20
Jamiyat 👁 283

NAFSIGA ERGAShIB…

NAFSIGA ERGAShIB…

Mansab – insonni oʻzgartiradi, uni yo oriyatli, imonli, mard va vijdonli odamga aylantiradi yoki manfaat va nafs quli qilib qoʻyadi. Buni ortiqcha sharh va izohlarsiz ham hammamiz yaxshi bilamiz. Mansabdor shaxs yuqoridagi birinchi toifaga mansub boʻlsa, yaxshi, jamiyatga foyda, yaqinlariga rahmat, olqish keltiradi. Agar ikkinchi toifaga mansub boʻlsa-chi?

Amudaryo tumanidagi maktabgacha taʼlim-tarbiya muassasalaridan birida rahbar sifatida faoliyat olib boruvchi Bahrixon (ism-sharifi oʻzgartirildi)  Bahodirova ikkinchi toifaga mansub mansabdor boʻlib chiqdi. Bolalar muassasi direktori, qolaversa, shirindan-shakar farzandlarning onasi boʻlaturib, oʻz mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, davlat mulkiga, aslida bolalar haqiga xiyonat qildi. Oʻzi rahbarlik qilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ishchilar roʻyxatiga, aniqrogʻi ish haqlari hisoblanadigan tabelga mavsumiy oʻtyoqar sifatida yaqin qarindoshining ism-familiyasini kiritib qoʻydi:

-Kim bilib oʻtiribdi, - oʻyladi u qilayotgan ishining noqonuniy ekanligini bilsa-da, - bor-yoʻgʻi 2-3 oy oʻtib ketadi, hujjatlarni oʻzim ushlab, oʻzim tutsam, kim tekshirib oʻtiribdi.

Ammo Bahrixonning oʻylagani boʻlmadi, davlat mulkining daxlsizligini nazorat qiluvchi tashkilotlar uning “reja”sini  chippakka chiqarishdi.

MTTda davlat mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq huquqbuzarlik toʻgʻrisida Amudaryo tuman prokuraturasiga kelib tushgan arizaga koʻra oʻtkazilgan tekshiruvda Bahri Bahodirova tomonidan OʻzMJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holati sodir etilgani, u oʻz mansab vakolatidan foydalanib, 2022-yilning yanvar va fevral oylarida yaqin qarindoshini MTTga oʻtyoqar sifatida mavsumiy ishga qabul qilib, uning nomiga 1 400 000 (bir million toʻrt yuz ming) soʻm miqdorida ish haqi hisoblab, noqonuniy ravishda oʻzi oʻzlashtirib yuborganligi aniqlandi.

Bahri Bahodirova qarshisiga OʻzMJtKning tegishli moddalari boʻyicha maʼmuriy ish ochilib, mazkur ish 2022-yil 4-oktyabr sanasida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudida koʻrib chiqildi.

Ish boʻyicha javobgar B.Bahodirovaning oʻz qilmishidan pushaymon boʻlib bergan iqrornomasi va guvohlarning koʻrsatmalari atroflicha muhokama etilib, B.Bahodirova OʻzMJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy jazoga tortildi va davlatga yetkazgan 1 400 000 soʻm miqdoridagi moddiy zarar  B.Bahodirova hisobidan undirib olinib, BHMning 1 (bir) baravari miqdorida (300 000) soʻm jarima jazosiga hukm qilindi.

Xulosa shuki, insonning eng yoqimli doʻsti ham, eng yoqimsiz doʻsti ham nafs, deydilar. Qanchalik yoqimli boʻlmasin, nafs insonni halokat yoqasiga  olib boradi va qanchalik yoqimsiz boʻlsa-da ortidan ergashavergan insonni oʻz nafsi quliga aylantiradi va elaro badnom qiladi. Nafs balosidan asrasin, deganlari shu-da.

J.OʻRAZBOYeV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026