EKSTERRITORIAL TAMOYIL – FUQAROLAR VA TADBIRKORLARGA ALOHIDA QULAYLIK
Fuqarolarga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarga joylashgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyatini berayotgan eksterritorial tamoyil yoʻlga qoʻyilishi natijasida davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridagi eskirgan byurokratik tartibotlar, ortiqcha qogʻozbozlik, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilish, ovoragarchilik va sansalorliklarga chek qoʻyilmoqda.
Ayni paytda fuqarolar roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Notarial xizmatlarni amalga oshirish jarayonida ham fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralari tomonidan davlat xizmatlari agentligi yoxud FHDYo organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab etilmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinmoqda.
Shuningdek, FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti ham bekor qilindi. Ushbu organlar tomonidan “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga oʻzlarining elektron tizimlari integratsiya qilinib, kerakli maʼlumotlar real vaqt rejimida olingan holda shakllantirilmoqda.
Prezidentning bu boradagi tegishli Qaror va Farmoniga koʻra oʻrnatilgan FHDYo organlari faoliyatining yangi tashkiliy-huquqiy tartib taomillari fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishda, ularning elektron xizmatlardan keng foydalanishini ragʻbatlantirishda va idoralararo integratsiyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taʼkidlash joizki, FHDYo organlari faoliyatiga avvalo xalq manfaatlarini koʻzlagan holda zamonaviy AKTlarning joriy qilinishi fuqarolar va davlat oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarning ijobiy tarzda hal boʻlishiga imkoniyat yaratmoqda.
R.Polvonova, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶