01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:45
Jamiyat 👁 264

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Har yili mamlakatimizda 25-oktyabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. 1991-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 270-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil qilingan edi. 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq esa ushbu sana, yaʼni 25-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganiga 31-yil toʻldi.

Sana munosabati bilan 31-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi “Xon saroy” mehmonxonasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, tuman Ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi, nafaqadagi faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ichki ishlar tizimida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi va oʻz hayotini fuqarolarimizning tinchligi hamda osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotgan organ xodimlarini, tinglovchi-kursantlarni hamda faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatlarini eʼtirof etlib, ularga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Bayram tadbirida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov barcha hamkasblarini bayram bilan samimiy tabriklab, tizimda erishilgan yutuqlar haqida aytib oʻtdi.

Oʻtgan yili qabul qilingan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi”ning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida soha xodimlarida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, muomala madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar aholi bilan ishlash amaliyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani taʼkidlandi.

Tadbirda 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov ham soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. El-yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning oilalariga tinchlik, xotirjamlik, kelgusi ishlarida zafarlar yor boʻlishini tiladi. Shuningdek, oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan tizim xodimlarining oila aʼzolariga, yaqinlariga marhumlarning oʻz vaqtida yurtimizda osoyishtalikni taʼminlashga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorlik bildirib, ularning yodi hamisha qalblarga muhrlanganini aytib oʻtdi.

Tadbir davomida tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi midiri, ichki ishlar faxriysi Erkin Rajabov istiqlolimizning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari oʻtgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yoʻlni bosib oʻtgani hamda xalqimizning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllanganligini gʻurur bilan tilga oldi.

Shuningdek, soha xodimlari oʻz faoliyatini boshlagan dastlabki kunlardan ikkita eng ustuvor masalaga – jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratib kelayotganligini, alohida taʼkidlandi.

Tadbirda oʻz xizmat vazifasini namunali bajarib, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga bor kuch-gʻayratini safarbar etib kelayotgan soha xodimlarining bir nechtasiga kapitan, mayor, leytenant unvonlari berildi.

Shuningdek, nafaqadagi xodimlardan Maxsud Oʻrazimbetov, Ikrom Usenov, Amat Saparbayevlar “Oʻzbekiston ichki ishlar faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Undan tashqari, tadbirda ishtirok etgan soha xodimlari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ona Vatan, doʻstlik, muhabbatni tarannum etuvchi goʻzal-kuy qoʻshiqlar yangradi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan har bir xodim Vatanimizning asl oʻgʻlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin maʼnodagi himoyachilaridir.

Ularni yana bir bor kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026