01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:42
Jamiyat 👁 262

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI MIGRATsIYa VA FUQAROLIKNI RASMIYLAShTIRISh BOSh BOShQARMASINING BOʻLIM BOShLIGʻI SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI MIGRATsIYa VA FUQAROLIKNI RASMIYLAShTIRISh BOSh BOShQARMASINING BOʻLIM BOShLIGʻI SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning dardini eshitish, ularning hayotidagi muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yaratilgan bunday tizim “xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilish kerak” degan tamoyilning amaliy ifodasi desak, adashmagan boʻlamiz.

Shu yilning 29-oktyabrida Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi Aziz Rahmatullayevning sayyor qabulida ham aholining migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimiga oid koʻpgina muammolariga ijobiy yechim topildi.

Dastlab yigʻilganlarga sohada olib borilayotgan ishlar fuqarolikni rasmiylashtirish va pasport tizimiga oid yangiliklar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Sayyor qabulga kelgan fuqarolar masʼullarga sohaga doir koʻplab murojaatlar qildilar. Xususan, Mangʻit  shahrining Xalqlar doʻstligi koʻchasida vaqtincha yashayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Nojkin Vladimir Aleksandrovich pasportining muddati oʻtgan, muddatini uzaytirib, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi rasmiylashtirishda yordam soʻrab murojaat qildi. Unga Toshkent shahriga borib kelishi, Rossiya Federatsiyasi pasportini qayta tiklashi uchun homiy biriktirildi.

Tumanimizning Qoramon mahallasida yashovchi 1969-yilda tugʻilgan Gulchehra Ishmedova asli Turkmaniston davlati fuqarosi. Sayyor qabuldan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi olish masalasida murojaat qildi. Murojaat ijobiy hal qilinishi uchun hujjatlari koʻrib chiqilmoqda. Shu mahallaning  yana bir fuqarosi 1947-yilda tugʻilgan Toʻliboy Yoʻldoshev Turkmaniston Respublikasida istiqomat qiluvchi farzandi va kelinini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish masalasida, Boʻzsolma mahallasida yashovchi, 1945-yilda tugʻilgan Madamin Tursunov Turkmaniston Davlatining fuqarolik pasportini yoʻqotib qoʻyganligi, ushbu hujjatini tiklatib, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish, Qangli ovulida yashovchi Ogulsona Saparova fuqaroligi yoʻq shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnoma olish, Boʻzsolma mahallasida yashovchi Selbi Tuvakmedova, Ikrom Shomurodovlar Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi olish, Xauagul Orazbayeva esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti olish masalasida murojaatlar qildi.

Sayyor qabul davomida ularning murojaatlarini ijobiy hal qilish uchun ayrimlarining hujjatlari qabul qilindi, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida doimiy roʻyxatda boʻlgan Mangʻit shahrida yashovchi Jamile Atabayevaning fuqarolik olish masalasidagi murojaati boʻyicha tegishli tartibda arizasi olinib, ijro uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga berildi.

Sayyor qabulda har bir murojaat sinchiklab oʻrganilgani va ijobiy yechim topishga harakat qilingani, ayrimlariga ega muammolarini hal qilish tartiblari tushuntirilganidan fuqarolar juda mamnun boʻldilar. Yurtimizda inson qadri ulugʻlanib, ularning farovon hayot kechirishi uchun amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlardan minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026