ShIFOKORLAR OMON BOʻLIShSIN
Azaldan ota-bobolarimiz duo-yu fotihalarida el-u yurtimizga tinchlik- omonlik bilan birga sihat-salomatlik ham tilashgan. Chunki inson jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlsagina oʻziga, oilasiga va jamiyatga naf keltiradi. Aholi salomatligi yoʻlida fidokorona mehnat qilib kelayotgan tibbiyot sohasi xodimlarining bu boradagi xizmatlari cheksiz.
Tumanimizdagi Tibbiyot birlashmasida ham bemorlar dardiga darmon boʻlib kelayotgan shifokorlar koʻp. Ayniqsa, Markaziy shifoxonaning 2-jarrohlik boʻlimi boshligʻi, oliy toifali shifokor Akbar Abdiraimov, koʻz kasalliklari shifokori Ilhom Xolimbetov hamda otolaringolog shifokor Gʻayrat Tajiboyevlar el olqishiga sazovor boʻlib kelayotgan fidoyi tibbiyot xodimlaridandir.
Dardlarga darmon boʻlib kelayotgan libosi oq, qalbi pok shifokorlar, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklayman. Shifokorlarimiz doim omon boʻlishsin. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
Yangiboy Iskandarov, Oʻzbekiston qishlogʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶