01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 267

TUMAN BOʻYIChA 12 MINGDAN ORTIQ XONADONLAR SUYuLTIRILGAN GAZ BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLANMOQDA

TUMAN BOʻYIChA 12 MINGDAN ORTIQ XONADONLAR SUYuLTIRILGAN GAZ BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLANMOQDA

Mamlakatimizda xalq farovonligini taʼminlash, xizmat koʻrsatish sohasini zamon talablari darajasiga koʻtarish va aholi hayotiga oid maishiy muammolarni tizimli ravishda hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli eng chekka qishloqlarda yashovchi aholi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida mamlakat miqyosida sezilarli yutuqlarga erishilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda suyultirilgan gazni tarqatishda “E-gaz Billing” dasturi joriy qilingani bu boradagi ishlarning shaffofligini taʼminlash imkonini bermoqda.

Ayni paytda Amudaryo tumani boʻyicha 24 ming 993 ta xonadon mavjud boʻlib, shundan 12 ming 46 ta xonadon tabiiy gaz yetishmasligi sababli suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanadi.

Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, tabiiy gaz yetib bormaydigan barcha xonadonlarga ID kartalari tarqatilmoqda. Suyultirilgan gazdan foydalanuvchi xonadonlar uchun 27 ming 982 ta gaz ballonlari “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti filiali tomonidan ijaraga berilgan.

Shuningdek, aholining oʻz mablagʻi hisobidan aylanmadagi gaz ballonlari qatoriga qoʻshilgan 12 ming 19 ta gaz ballonlari bosimga qarshi sinovdan oʻtkazilib, yorliqlar yopishtirilgan va raqamlashtirilgan. Natijada 2021-yilning 1-iyun sanasidan boshlab suyultirilgan gaz ballonlari ID kartalar orqali tarqatilmoqda.

“Amudaryotumangaz” gaz taʼminot filialiga qarashli Xolimbeg servis markazi 3 ming 802 ta, Kuyuk koʻpir shoxobchasi 3 ming 279 ta, Qipchoq ovulidagi shoxobcha 2 ming 384 ta, filialning markaziy omborxonasi 1 ming 277 ta xonadonga xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, filial tasarrufidagi Oq oltin shoxobchasi 1 ming 588 ta, Qangli ovulidagi shoxobcha 1 ming 404 ta, Boʻzyop ovulidagi shoxobcha 1 ming 30 ta, Doʻrman ovulidagi shoxobcha 750 ta xonadonga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur shoxobchalarda aylanmadagi ijara gaz ballonlarining yaroqlilik muddatlarini aniqlash, bosimga qarshi sinash, gaz ballonlarini taʼmirlash ishlari oʻz vaqtida bajarilgani bois, isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda uzilishlar sodir boʻlmayotganidan aholi mamnun.

Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sifatini yanada yaxshilash maqsadida tumanda 2014-yilda Amudaryo gaz tarqatish punkti qurilib, ishga tushirilgani ayni muddao boʻldi.

Filial tasarrufidagi shoxobchalarga uzoq boʻlgan eng chekka qishloqlar, xususan, Tosh qalʼa, Yuqori qishloq, Besh ovul, Xizr eli mahallalari, Jumurtov shaharchasi, Choykoʻl, Bobur, Toʻlqin, Nazarxon ovullari hamda Tor yop, Qoramon, Bosuv, Bogʻ, Arna boʻyi mahallalarida yashovchi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz ballonlari ISUZU rusumli avtomashinalar orqali yetkazib berilmoqda.

Tumandagi 38 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalaniladi. Mazkur MTTlarda suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligi uchun taʼminotda uzviylikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada 38 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻz vaqtida suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda.

Joriy 2022-yilning 9-noyabr holatiga belgilangan limitdan salkam 54 tonna ziyod, yaʼni 3 ming 484 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, isteʼmolchilarga tarqatildi. Shu bilan birga “Amudaryotumangaz” gaz taʼminot boʻlimi tomonidan 28 ming 422 ta yangi maishiy gaz ballonlari ijaraga berilgan boʻlib, 2022-yilning birinchi yarmida yana 440 ta yangi maishiy gaz ballonlari ijaraga tarqatildi.

Koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanuvchi isteʼmolchilarga servis xizmati koʻrsatishda uzviylik taʼminlanib, aholining bu boradagi ehtiyoji toʻla qondirilmoqda.

N.XALIMBETOV, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026