01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 06:00
Jamiyat 👁 137

XALQ DARDI BILAN YaShASh BAXTI

XALQ DARDI BILAN YaShASh BAXTI

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston ekologik partiyasi jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrniga ega. Chunki aholining ekologik madaniyatini oshirish, ular koʻnglida tabiat musaffoligini saqlashga masʼuliyat hissini tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega.

Ekologik barqarorlikni taʼminlash, bu boradagi muammolarga jamoatchilik eʼtiborini qaratish va salbiy oqibatlarning oldini olishda Oʻzbekiston ekologik partiyasi aʼzolarining hissasi ulkan.

Partiya aʼzosi, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, ayni paytda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi boʻlib ishlayotgan Bahrom Qodirov partiya dasturlarini hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda. Oliy maʼlumotli, mutaxassisligi muxandis-mexanik boʻlgan qahramonimiz oliygohni tugatgach, Mangʻit ishlab chiqarish – tejorat markazida, Qilichboy xoʻjaligi yonilgʻi quyish shohobchasida, sobiq 41-sonli kasb-hunar texnika bilim yurtida direktor oʻrinbosari vazifalarida ishladi. Keyinchalik Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida direktor oʻrinbosari, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2019-yildan hozirgi davrgacha Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi sifatida faoliyat olib borib, ovul aholisining turmushi sifatini oshirish, farvonligini taʼminlash, hududda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni yoshlar qalbiga singdirish, odobli, el xizmatiga kamarbasta oʻgʻil-qizlarni kamolga yetkazish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotir.

Ushbu hudud aholisi mehnatsevar, dehqonchilikda oʻziga xos tajriba va malakaga ega ekanligini inobatga olib, oqsoqol ularga tadbirkorlik, dehqonchilik qilishlari uchun munosib sharoitlar yaratishga intiladi. Yigʻin tavsiyasiga koʻra aholiga dehqonchilik qilishlari, chorvachilik bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilayapti, mini texnologiyalar sotib olishlariga yordam berilayapti.

Xalq hurmat-eʼtiborini qozongan Bahrom Qodirov 2020-yilda xalq deputatlari tuman Kengashiga Qilichboy saylov okrugidan deputat boʻlib saylandi.

U xalq vakili sifatida hudud aholisining mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar, yangilanishlar, yuksalishlarga daxldorligini oshirish, barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishlarini targʻib qilish maqsadida tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib turadi. Uchrashuvlar jarayonida aholi turmushidagi aniqlangan muammolarni ijobiy hal qilish uchun tinmay harakat qiladi.

Joriy yilda ana shunday xalq bilan jonli muloqotlar davrida bildirilgan murojaatlarga muvofiq Xizr eli mahallasida aholi tomorqa yerlarini oqar suv bilan taʼminlash yaxshilandi, shu mahalla hududidagi transformator koʻchirildi, Tozayop, Olmazor aholi punktlariga yangi transformator oʻrnatildi, Oftob, Bahouddin Naqshband koʻchalari yoʻli taʼmirlandi.

Bahrom Qodirov oʻz saylov okrugi hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratadi. Yashil hududlarga, yoʻllar boʻylariga, hovli-joylar atroflariga mevali, manzarli daraxtlar, gullar koʻchatlari ekilishiga bosh boʻladi. Kam taʼminlangan oilalarga korxona, tashkilotlar atroflariga ekish uchun oʻz hisobidan turli koʻchatlar yetkazib berib, parvarishlanishini nazorat qilib boradi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qoʻllab-quvvatlanayotgani Bahrom Qodirovning el oqsoqoli sifatidagi, deputat sifatidagi nufuzini, obroʻsini oshirayapti. Ha, xalq dardi bilan yashagan inson haqli ravishda halqning olqishini oladi. Bu – ulkan baxtdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026