01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 08:26
Jamiyat 👁 211

BOBUR NOMLI OVULDA “KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILDI

BOBUR NOMLI OVULDA “KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasidagi tadbirlar qizgʻin tarzda oʻtkazilib, barcha hududlarda nuroniy otaxon va onaxonlarga alohida hurmat va ehtirom koʻrsatildi. Keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari, sport musobaqalari, turli uchrashuv va davra suhbatlari, yurtimizdagi diqqatga sazovor, tarixiy maskanlarga sayohatlar tashkil etildi.

Shu yil 28-noyabr kuni barcha hududlarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulida ham keksa avlod vakillari ishtirokida katta tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlar fuqarolar yigʻini binosi oldida ovuldagi 83-sonli maktab oʻquvchilarining qoʻl mehnati namunalaridan tayyorlangan koʻrgazmani tomosha qildilar va yoshlarning hunar egallash borasidagi mahoratlariga munosib baho berdilar. Tadbirlar davomida fuqarolar yigʻini raisi Gulbahor Raimova boshchiligida yigʻin masʼullari, ovulning nuroniy otaxon va onaxonlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda yaratilgan bogʻda 300 dona turli mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini oʻtqazishdi. Ovuldagi dehqonchilik boʻyicha katta tajribaga ega boʻlgan nuroniylar yoshlarga koʻchat ekish, bogʻ yaratish boʻyicha maslahatlar va tavsiyalar ham berdilar.

Shundan keyin yigʻin binosi oldidan “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni boshlandi. Ovul keksalari piyoda yurish davomida jismoniy faollik, toʻgʻri ovqatlanish tartibiga rioya etishning afzalliklari xususida suhbatlashdilar, bu boradagi foydali maslahatlarni bir-birlari bilan baham koʻrdilar.

Marafondan soʻng, tadbir ishtirokchilari boʻlgan keksalar ovul hududida yangidan barpo etilgan sport maydonchasida sogʻlomlashtirish mashqlarini bajarishdi. Mashgʻulotlar davomida “Besh tashabbus” musobaqalarining 1-mavsumida ishtirok etgan ovulning iqtidorli yoshlaridan Umida Ibragimova shashka boʻyicha Oʻzbekistonda 2-oʻrin sohibasi boʻlib, hududga sport maydonchasini qurish uchun 7 mln. soʻmlik sertifikatni qoʻlga kiritgani alohida taʼkidlab oʻtildi. Mazkur sport maydonchasi qisqa fursat ichida ushbu mablagʻ evaziga qurilib, foydalanishga topshirilgani ham faxr bilan eʼtirof etildi. Shuningdek, ovulda tumanimiz sharafini munosib himoya qiladigan yoshlar koʻpayishi uchun yanada koʻproq imkoniyat yaratilgani taʼkidlandi.

Oylik doirasidagi tadbirlar ovul hududidagi “Jasurbek” kafesida davom ettirilib, nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda ovuldagi faxriy oʻqituvchilar Malika Shukurullayeva, Guloyim Hayitboyeva, faol ayol Gulora Qutlimurodovalar oʻrta va yosh avlodga oʻzlari ishlab oʻtgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida gapirib, Yangi Oʻzbekistonimizda ishlash, tadbirkorlik qilish, oʻqish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligini aytib oʻtdilar. Qizgʻin suhbatlardan ibrat olgan ovul yoshlari ham oʻzlarining bugungi kundagi yutuqlari toʻgʻrisida soʻzlashdi. Uchrashuv yakunida barcha nuroniylarga sovgʻalar topshirildi.

Tushlik mahali kafeda ochiq dasturxon atrofida davom etgan tadbirga ovuldagi Bobur nomli madaniyat markazining “Yosh havaskorlar” toʻgaragi aʼzolari ijrosidagi joʻshqin kuy-qoʻshiqlar yanada fayz kiritdi. Milliy taom – osh tanovul qilinganidan soʻng, yoshu-qari ishtirokchilar davrani oʻyin-kulgular bilan davom ettirishdi.

Shu kuni fuqarolar yigʻini raisi Gulbahor Raimova, hokim yordamchisi Alisher Yoʻldoshev hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi masʼullari Bahodir Boltaboyev, Bekman ota Allaberganovlar kasal yotgan onaxon, taʼlim sohasi faxriysi Xadicha Avazmurodova hamda 80 yoshdan oshgan onaxon Tojigul Matsafoyevalar xonadoniga borib, ularning holidan xabar olishdi. Onaxonlar oʻzlariga koʻrsatilgan bunday eʼtibordan nihoyatda mamnun boʻlib, minnatdorchilik bildirdilar.

Bobur nomli ovulda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida oʻtkazilgan tadbirlar ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026