Fuqarolarning tegishli organlarga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlari amalda taʼminlanmoqda
Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilib, Konstitutsiyamizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati hayotiy misollar orqali ifoda etilmoqda.
Aytish kerakki, Konstitutsiyamizda inson qadri va uning huquq va manfaatlari eng yuqori oʻringa qoʻyilgan. Bosh Qomusimizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” deya belgilab qoʻyilgan.
“Siyosiy huquqlar” deb nomlangan 8-bobidagi 35-moddasida esa “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart”, deb belgilangan.
Bu bilan fuqarolarning murojaat qilishi huquqi konstitutsiya darajasida mustahkamlab qoʻyilgan. Shuningdek, oʻz navbatida vakolatli davlat organlari, muassasalar va xalq vakillariga ham fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va taʼminlash vazifasi yuklangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ushbu mezonlarga amal qilingan holda fuqarolar murojaatlarini tinglash va ijobiy hal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qabulxonaga 2022-yil boshidan 31-oktyabr sanasiga qadar jami 2213 ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 952 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 30 tasi Prezident pochtasi, 1 tasi Prezident Xalq qabulxonasi, 79 tasi sayyor qabullar, 55 ta murojaat veb-sayt orqali qabul qilingan. Qolgan 378 ta murojaat tuman Xalq qabulxonasining oʻzida, 718 tasi esa sektorlar rahbarlarining joylardagi sayyor qabullarida fuqarolar tomonidan berilgan.
Ushbu kelib tushgan 2213 ta murojaatlarning 2137 tasi koʻrib chiqilgan boʻlib, 1718 tasi qanoatlantirilgan. Shundan, 701 tasi ijobiy hal qilingan, 1005 tasi huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan. Murojaatlardan 12 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan boʻlib, 398 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 9 tasi rad etilgan, 11 tasi tugatilgan. Qolgan 76 tasi esa koʻrib chiqilish jarayonida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obʼektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Qabulxona masʼullari fuqarolarning tegishli organlarga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining soʻzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda, toʻliq, xolis, oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va hal etilishini tashkil etish hamda nazorat qilish borasidagi faoliyatini samarali amalga oshirmoqdalar.
E.Rajabov, Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶