01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 08:35
Jamiyat 👁 215

Tosh yop ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4-sektori rahbariyatining sayyor qabuli oʻtkazildi

Tosh yop ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4-sektori rahbariyatining sayyor qabuli oʻtkazildi

Tosh yop ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Umirbek Aliyev hamda tuman 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovlarning sayyor qabuli oʻtkazildi.

9-dekabr kuni ovul fuqarolar yigʻini binosida oʻtkazilgan sayyor qabulda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, yigʻin raisi Gulshod Sobirova, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqa tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Umirbek Aliyev dastlab yurtimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarni joyida oʻrganish va hal etish, turmush tarzi yaxshilanishiga koʻmaklashish kabilar borasida yoʻlga qoʻyilgan amaliy ishlar xususida soʻzladi. Shuningdek, yaratilayotgan soliq imtiyozlari, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarga ham toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, qabulga kelgan Tosh yop ovuli fuqarolarining murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning aksariyati moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar, sogʻliqni saqlash, obodonlashtirish, yoʻllarni taʼmirlash kabilarga oid boʻldi.

Jumladan, ovul fuqarosi Qurbonoy Vapayeva boquvchisi yoʻq boʻlganligi sababli yer soligʻini toʻlay olmayotganini aytib, yordam soʻradi. Shuningdek, Ramila Duysenboyeva hududda gaz bosimi pastligi, oqava suv kelishi toʻxtagani sababli tomorqasini sugʻora olmayotgani, Muborak Yusupova ham boquvchisi boʻlmagani tufayli “Ayollar daftari”da roʻyxatda turishini, sharoiti ogʻir boʻlgani sababli uyini taʼmirlashga koʻmaklashishni soʻrab murojaat qildi. Ovulda yashovchi Nasiba Kamolova boshlangʻich taʼlim yoʻnalishini bitirganligi, hozirda ish topishga qiynalayotganini, Sarvar Abduraimov otasi kasal yotgani, oʻzi hech qayerda ishlamasligi, hozirgi kunda ishsiz boʻlgan ukasiga ish topishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildilar. Ushbu murojaatlar boʻyicha atroflicha oʻrganilib, batafsil tushuntirishlar berildi va masʼullarga ijobiy hal qilish topshirildi.

Taʼkidlash joizki, davlat va jamiyat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan mazkur sayyor qabullar, xalq bilan yuzma-yuz muloqot uslubi aholining ishonchini oqlamoqda. Ularga kamarbasta boʻlib ogʻirini yengil qilmoqda. Bu esa har bir insonning bugunidan rozi, ertangi kunidan katta orzular bilan yashashga undamoqda.

Shu kuni “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan Asaloy Toʻliboyevaga murojaatiga koʻra tikuv mashinasi berildi va tikuvchilikni tashkil qilish orqali oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashildi. Undan tashqari, qabulga kelgan ovul fuqarolari Fazilat Yoʻldosheva kreditga tikuv mashinasi olishda yordam soʻrab qilgan murojaati ijobiy hal qilingani, Zulxumor Qoʻchqorova ham murojaatiga koʻra yordam berilganidan soʻng, tadbirkorlikni boshlagani, hozirgi kunda oʻzini oʻzi band qilgani va oilasiga daromad keltirayotganini aytib, alohida minnatdorchilik bildirdilar.

Maʼlumki, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish va ularga koʻmak koʻrsatish har bir sayyor qabulda eʼtibor qaratiladigan asosiy omil hisoblanadi. Sayyor qabuldan soʻng, shuni inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Umirbek Aliyev, sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov hamda fuqarolar yigʻini masʼullari ovuldagi kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olishdi va ularning xonadonidagi sharoitlar bilan tanishib chiqishdi. Ushbu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026