01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:07
Jamiyat 👁 293

BEShTOM MAHALLASIDA YoNGʻINGA QARShI SUV OLGIChLARNING TEXNIK HOLATI OʻRGANILDI

BEShTOM MAHALLASIDA YoNGʻINGA QARShI SUV OLGIChLARNING TEXNIK HOLATI OʻRGANILDI

Yongʻinga qarshi suv olgich, yaʼni gidrantlar yongʻin sodir boʻlganda maxsus avtomashinalarni suv bilan taʼminlash va yongʻinlarni tezda bartaraf etishda muhim oʻrin tutadi. Shu sababli joylardagi yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlarning texnik holati muntazam ravishda oʻrganilib, tekshirilib boriladi.

14-dekabr kuni navbatdagi oʻrganish jarayonlari Amudaryo tumanining Beshtom mahallasida oʻtkazildi va hududda joylashgan 16 dona yongʻinga qarshi suv olgichlarning texnik holati tekshirildi. Nazorat ishlari davomida hududdagi “Amudaryo gaz servis” hamda “Amudaryo metan savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati yaqinida joylashgan yongʻinga qarshi suv olgichlarning shtoklari qotib qolganligi aniqlandi va bu nosozliklar Suv tarmoqlari korxonasi xodimi Rustam Oʻrozboyev tomonidan joyida bartaraf qilinib, soz holatga keltirildi.

Aytish joizki, Amudaryo tumani hududida jami 290 ta yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlari mavjud boʻlib, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining yillik rejasiga asosan yiliga kamida 2 marotaba ularning texnik holati oʻrganiladi. Joriy yilning ikkinchi yarmida ham ushbu yongʻinga qarshi suv olgichlarning texnik holatini amalda oʻrganish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 3- va 4-sonli Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari va Suv tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu yoʻl xaritaga asosan Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi va Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida yongʻinga qarshi suv olgichlarning texnik holati muntazam ravishda oʻrganilib borilmoqda.

Darhaqiqat, tumanimizning barcha hududlaridagi yongʻinga qarshi yer osti suv olgichlari texnik soz holatda boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bu orqali favqulodda sodir boʻladigan yongʻinlar kam talafotlar bilan qisqa muddatda bartaraf etiladi, uning keng maydonlarga tarqalib ketishining oldi olinadi. Shuningdek, suv tanqisligi va uzoq masofadan suv tashib kelinishiga, ortiqcha yongʻin oʻchirish avtomobillarining jalb etilishiga chek qoʻyiladi. Shu sababli tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari xodimlari tomonidan bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda va mahallalar, koʻchalardagi koʻmilib qolgan yongʻinga qarshi yerosti suv olgichlari qayta ochilib, ishchi holatga keltirilmoqda.

Beshtom mahallasi hududida oʻtkazilgan oʻrganish ishlari davomida aniqlangan nosozliklar joyida bartaraf qilinib, yongʻinga qarshi gidrantlarning uzluksiz suv bilan taʼminlanishi yoʻlga qoʻyildi. Undan tashqari, hududda joylashgan idora, korxona-tashkilotlar rahbarlariga hamda aholiga obʼektda, koʻcha boʻylarida joylashgan yongʻinga qarshi suv olgichlarning atroflari muntazam ravishda tozalanib turishi, yongʻin oʻchirish avtomobillari erkin harakatlanishi uchun gidrantlar atrofiga toʻsiqlar qoʻyilmasligi kerakligi tushuntirildi. Shu bilan bir qatorda gidrantlar oʻrnatilgan joyni koʻmib tashlamaslik, koʻrsatuvchi belgilarga zarar yetkazmaslik kabilarni hududdagi har bir fuqaroga tushuntirish lozimligi ham aytib oʻtildi.

M.Yusupov, tuman FVB 3-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi.

R.Kazakov, tuman FVB 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026