01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:06
Jamiyat 👁 416

AMUDARYoDA UCh AVLOD VAKILLARI UChRAShIShDI

AMUDARYoDA UCh AVLOD VAKILLARI UChRAShIShDI

Mavzuga oid fotogalereya

Yurtimizda keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga koʻra oʻtmish, ayni kun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish el-yurtimiz hayotidagi goʻzal anʼanalardan biriga aylandi. Amudaryo tumanida ham barcha ovul va mahallalarda yoshi ulugʻ insonlar, bugungi kunda jamiyat hayotida faol boʻlgan fidoyilar va yosh avlod vakillari ishtirokida uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

16-dekabr kuni Prezidentimizning shu yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlariga koʻra “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, idora-tashkilotlar rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, 90 nafarga yaqin nuroniylar, 80 nafardan ortiq oʻrta yosh avlod vakillari hamda 70 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir Olmazor mahallasi hududida joylashgan tuman tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyidan boshlandi. Uch avlod vakillari muzeyda yurtimiz tarixiga oid turli eksponatlar bilan tanishdilar. Mehmonlar qadim va yaqin oʻtmish davrlar tarixidan hikoya qiluvchi turli uy-roʻzgʻor buyumlari, shu yerlik aholiga xos boʻlgan milliy kiyimlar va boshqa eksponatlarni tomosha qilib, ajdodlarimizning turmush tarzi, hayoti haqidagi qiziqarli maʼlumotlar, hikoyalarni tingladilar. Shuningdek, shu yurt ozodligi uchun kurashgan, hayotini, jonini fido qilgan mard va jasur ota-bobolarimizning xotirasi, qahramonliklarini yodga oldilar.

Tuman Madaniyat markazi binosida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida davom etgan tadbirda keksalar, oʻrta yosh avlod vakillari va yoshlar tumanimiz hunarmandlarining qoʻl mehnati namunalari, tadbirkorlarning mahsulotlaridan tashkil etilgan koʻrgazmani tomosha qildilar. Shundan soʻng, markazning kontsertlar zalida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allamberganov, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva, yosh ijodkor Barno Samandarovalar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash yoʻlida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va ularning ahamiyatiga toʻxtalishdi. Shuningdek, keksalik gashtini surish barobarida el-yurt ravnaqi yoʻlida mehnat qilib kelayotgan nuroniylarga alohida minnatdorchilik bildirdi va yutuqlarga erishib kelayotgan faol yoshlarning kelgusi ishlarida zafarlar tilab, har birini yurt kelajagiga munosib insonlar boʻlib voyaga yetishga daʼvat etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar va yoshlarga tuman hokimligi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shundan keyin Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Dilshoh media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan Amudaryo tumanining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi, xalqimizning suyukli farzandi marhum Rajapbay Yoʻldashev haqidagi “El farzandi” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari Rajapbay Yoʻldashevning el-yurt obodligi va xalq farovonligi yoʻlida qilgan fidokorona xizmatlarini yodga oldilar.

Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi esa barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat bagʻishladi.

Shundan soʻng uch avlod vakillari “Xon” restoranida ochiq dasturxon atrofida bir piyola choy ustida suhbatni davom ettirdilar.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlar mashaqqatlarga toʻla hayot yoʻli va mehnat faoliyati, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar hamda nuroniylik paytida ularga koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi. Undan tashqari, nuroniylar xalqimiz hayoti va turmush tarzini butunlay oʻzgartirib yuborgan koʻplab ezgu ishlar haqida gapirib, kelajakni barpo etishda yoshlarning oʻrni qanday boʻlishi kerakligi haqida oʻzlarining qimmatli maslahatlarini berishdi. Yoshlar ham yurtimizda ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanayotganliklari va yutuqlarga erishayotganliklari haqida gapirdilar.

Suhbat davomida nuroniylarimizning boy tajribasi, oʻrta avlod vakillarining mehnati, yosh avlodning shijoati birgalikda katta kuch boʻlishi, uch avlodning mamlakatimiz taraqqiyotidagi oʻrnini alohida eʼtirof etildi.

Tadbir davomida tumanda uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan keksa avlod vakillariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026