01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:06
Jamiyat 👁 310

TOʻLQIN OVULIDA 11 MILLIARD SOʻMLIKDAN ZIYoD OBODONLAShTIRISh, QURILISh IShLARI BAJARILDI

TOʻLQIN OVULIDA 11 MILLIARD SOʻMLIKDAN ZIYoD OBODONLAShTIRISh, QURILISh IShLARI BAJARILDI

Yurtimizda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish orqali hududlarning yoʻl-transport infratuzilmasini, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini rivojlantirish va shu asosda aholi farovonligini hamda turmush darajasini yuksaltirish koʻzda tutilgan.

2022-yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan tumanimizning Toʻlqin ovulida dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar ovul aholisining hayotiga chinakam obodlik baxsh etdi, ertagi kunga ishonchini mustahkamladi, davlat boshqaruviga hurmat hissini yuksaltirdi.

Dastur doirasida shu kungacha 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini mukammal taʼmirlash, 11 kilometrlik ichki yoʻllarni taʼmirlash, shu jumladan Buyuk kelajak koʻchasining 0,6 kilometr qismiga beton qoplama yotqizish, 21 ta ichki koʻchalarining jami 11 kilometr qismini joriy taʼmirlash, shuningdek, zahira mablagʻlari hisobidan Turon, Maʼrifatchilar, Quvonch koʻchalarining 1,77 kilometr qismini joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ovul hududida tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 4,4 kilometrlik gaz tarmogʻi va 19 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash, 4 ta ichimlik suvi inshootini qurish ishlari toʻliq yakunlandi. 2 kilometrlik piyodalar yoʻlakchasini qurish ishlari yakuniga yetay deb turibdi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 3,3 kilometrlik liniya tortish va 3 ta transformator oʻrnatish, 115 ta elektr tayanch ustunlarini oʻrnatish ishlari toʻliq yakunlanib, hozirgi kunda tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr liniyalarini tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek 80 dona tungi yoritgichlar oʻrnatildi, 4 kilometrlik aloqa tarmogʻi tortildi, 4 ta chiqindi konteynerlari oʻrnatildi, 160 ta turar joylarning fasad qismi taʼmirlandi.

Bir yil ichida amalga oshirilgan buningdek oʻzgarishlar, bunyodkorliklar Toʻlqin ovuliga chinakam obodlik, koʻrkamlik, oʻzgacha fayz baxsh etdi. Hudud aholisi buningdek eʼtibor, yangilanishlarga munosib mehnat qilishga, turmush kechirishga intilmoqda.

 Ovul fuqarolar yigʻini oqsoqoli Rashid Abdugaliyev, hokim yordamchisi Ruslan Sagʻinboyev, yoshlar yetakchisi Fozilbek Qurbonboyev, xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyevalar oʻzgalar parvarishga muhtoj nuroniy keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, qoʻllab-quvvatlamoqda.

Yil boshida 142 nafar ayol “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Shularning 79 nafari ishlash istagidagi ayollar edi. Gulora Bobojonova yigʻin binosining boʻsh turgan xonalarida tikuvchilik tsexi tashkil etdi va oʻzi kabi 6 nafar ayolning bandligini taʼminladi, 20 nafar ayol-qizlarni tikuvchilik kasbiga oʻqitib, hunarli qildi. 7 ta kam taʼminlangan oila kredit hisobiga tadbirkorlik faoliyatini boshladi, 3 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning turar joyi taʼmirlab berildi. Yigʻin binosi yonida qad rostlagan bolalar oʻyingohi oʻquvchi-yoshlarning sport bilan shugʻullanib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga yordam bermoqda.

Ovulning 42 nafar yoshlari respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishmoqda. Joriy yilda kam taʼminlangan oilalarning, kontrakt shartnoma asosida oʻqiyotgan 6 nafar yoshlarining kontrakt pullari toʻlab berildi.

Ovulda tadbirkorlik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻz oilasi farovonligini taʼminlab, yangi ish oʻrinlari yaratayotgan, ovuldoshlarining ham hayoti toʻkin boʻlishiga hissa qoʻshayotganlar koʻp.

15-dekabr kuni ovul aholisi hayotida yana bir quvonchli voqea boʻldi: Investitsiya dasturi asosida qayta qurilgan 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy, koʻrkam barcha sharoitlarga ega muhtasham binosi foydalanishga topshirildi.

Obodlik koʻngildan boshlanadi. Joriy yilda toʻlqinliklarning koʻngillari ham, ovuli ham obod boʻldi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026