ENG NAMUNALI MAHALLA POSBONI ANIQLANDI
Oʻzbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvining 2014-yil 9-yanvardagi 4-sonli qaroriga muvofiq 2014-yil uchun moʻljallangan ish rejasida oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora tadbirlar bandma-band belgilab berilgan. Ushbu qaror asosida yaqinda "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan tashkillashtirilgan fuqarolar yigʻinlarining eng namunali "Mahalla posboni jamoatchilik tuzilmasi rahbari” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda tumanimizdagi 45 ta fuqarolar yigʻinlari posbonlari qatnashdi.
Mahalla posbonlari faoliyatini baholashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan tuzilgan tashkiliy ishchi guruh fuqarolar yigʻinlariga boʻlinib, mahalla posbonlari faoliyatini belgilangan mezonlar asosida oʻrganib chiqdilar va toʻplangan maʼlumotlarni hakamlar hayʼatiga havola etdilar. Tanlov uchun belgilangan baholash mezonlariga koʻra "Oq oltin” OFY"Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari 1-oʻringa, "Bosuv” MFY"Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari 2-oʻringa hamda "Besh tom” MFY 3-oʻringa loyiq, deb topildi hamda gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, "Qangli” MFY, "Kuyuk koʻpir” OFY va "Boʻston” MFY "Mahalla posboni”jamoatchilik tuzilmalari tanlovning alohida nominatsiyalari boʻyicha gʻolib, deb topilib, ragʻbatlantirildi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶