01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 06:36
Jamiyat 👁 379

HARBIYLAR IShTIROKIDA “ASKAR ONALARINI ShARAFLAYMIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

HARBIYLAR IShTIROKIDA “ASKAR ONALARINI ShARAFLAYMIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

6-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktabda “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida harbiylar va yoshlar ishtirokida “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hududidagi harbiy qism komandiri, podpolkovnik Ruhiddin Gʻaniyev, harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kapitan Alibek Qodirov, shu harbiy qismda muddatli xizmat burchini oʻtayotgan askarlar, tuman Mudofaa boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi masʼullari qatnashishdi. Shuningdek, turli viloyatlardagi harbiy qismlarda muddatli xizmatda boʻlgan tumanimizdagi askar yigitlarning onalari, maktablardagi yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash fani oʻqituvchilari, oʻquvchi-yoshlar ham ishtirok etishdi.

Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kapitan Alibek Qodirov olib borgan ushbu tadbirda 14248-harbiy qism komandiri Ruhiddin Gʻaniyev soʻzga chiqdi va Prezidentimizning 2022-yil 14-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan, mamlakatimizda “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida joylarda madaniy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik va boshqa tadbirlar oʻtkazilayotgani haqida gapirdi.

Shuningdek, yoshlarga Qurolli Kuchlarimiz faoliyati, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi. Undan tashqari, askar onalarini sharaflashga bagʻishlangan ushbu tadbir yaxshi anʼanaga aylanib borayotgani, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan Vatan posbonlari onalari eʼzoz va hurmatga loyiqligini eʼtirof etib, ularning nomiga iliq soʻzlar aytdi.

Tadbir davomida harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askar yigitlar ham Vatan himoyachisi, degan sharafli nomga loyiq boʻlish har bir yigitning orzusi, ayni paytda muqaddas burchi ekanligini aytib, shu sharafli burchini oʻtash chogʻida Milliy armiya mudofaa salohiyatini, Qurolli Kuchlarimizning qudratini his qilganini soʻzlab berishdi. Gitarada Vatan, ona haqida qoʻshiqlar kuylab, tadbirga yanada joʻshqinlik baxsh etdilar. Ular ijrosidagi shoʻx qoʻshiqlar dilrabo raqslarga ulandi. Quvonchdan toʻlib-toshgan onalar hamda askarlar, tadbir ishtirokchilari davrani toʻldirib raqsga tushdilar.

Shundan soʻng, askar onalari Umida Mavlonova, Shirin Otajonova, Xosiyat Safarboyeva, Dildora Avezboyevalar ham soʻzga chiqib, Vatanimiz tinchligini himoya qilayotgan mard askarlar safida oʻgʻli borligidan faxrlanishini, oʻzlarini dunyodagi eng baxtli ona, deb his qilishini hayajon bilan ifoda etishdi. Prezidentimiz rahnamoligida professional Milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har bir yigitning muqaddas burchiga, farzandini armiya saflarida koʻrish esa ota-onalarning ezgu orzusiga aylanayotganini taʼkidlashdi.

Taassurotlarga toʻla boʻlgan tadbirda oʻquvchi-yoshlarning Milliy armiya, Qurolli Kuchlarimiz salohiyati, oliy harbiy taʼlim oʻquv yurtlari toʻgʻrisidagi savollariga ham batafsil javoblar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026