01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 06:35
Jamiyat 👁 290

Farovon mahallasi hududida yangi uylar qurilishi boshlandi

Farovon mahallasi hududida yangi uylar qurilishi boshlandi

Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil va oqilona siyosat yurtimizning barcha hududlarida yashovchi aholi hayotida oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatmoqda. Jumladan, Amudaryo tumanining markazi, ovul va mahallalarida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, mahallalar koʻrkam qiyofa kasb etmoqda. Tumanning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, yangi-yangi binolar barpo qilish va hududlarni obodonlashtirish ishlari zamirida avvalo, odamlar uchun munosib turmush sharoiti yaratish maqsadi mujassamdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mamlakatimiz boʻylab turar joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurilishi boshlangan edi. Amudaryo tumanida ham oʻtgan yillar davomida keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Birgina oʻtgan 2022-yil davomida Gulzor mahallasi hududida 15,6 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 3 ta 5 qavatli, jami 90 ta xonadonga moʻljallangan uy-joylar qurildi. Ushbu imoratlarning qurib bitkazilgani va foydalanishga topshirilgani uy-joyga muhtoj yurtdoshlarimiz uchun katta sovgʻa boʻldi.

Bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish hamda aholini arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida joriy 2023-yilda Mangʻit shahrining Farovon mahallasi hududida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 6 ta, tadbirkorlar tomonidan 4 ta, har birining qiymati 5,5 mlrd. soʻmlik boʻlgan jami 10 ta koʻp qavatli turar joylar qurish rejalashtirilgan.

6-yanvar kuni tender savdolarida gʻolib boʻlgan “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilishi rejalashtirilgan 4 ta 5 qavatli jami 140 xonadondan iborat uy-joylarning tamal toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri Azimjon Qurbanbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qurilish masalalari boʻyicha kotibiyat boshligʻi Jaxongir Yakubov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, imom-xatiblar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vaziri Azimjon Qurbanbayev keyingi yillarda qurilayotgan arzonlashtirilgan uy-joylarning asosiy qismi ijtimoiy himoyaga, uy-joyga muhtoj, koʻp bolali oilalar farzandlari uchun ajratilayotganini taʼkidlab, bu mamlakatimizda yuritilayotgan xalqchil siyosatning yorqin namunasi ekanligini aytib oʻtdi.

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Madamin Kazakov Farovon mahallasida qurilayotgan yangi uylarning avtomobil yoʻllari, suv, gaz va elektr tarmoqlari, bolalar bogʻchalari, savdo shoxobchalari, sport maydonchalari bilan birgalikda qurib bitkazilishi aholining qulay shart-sharoitlarda yashashi uchun kompleks tizim hosil qilishini taʼkidladi.

Mahalla nuroniylari va imom-xatibi tamal toshi qoʻyilayotgan koʻp qavatli uylarda odamlar tinch-farovon yashashini, xonadonlarda faqat yaxshi kunlar, toʻylar boʻlishini tilab duoga qoʻl ochdi.

Shundan soʻng, qurilish hududiga ramziy qoziq qoqish marosimi boʻlib oʻtdi va yangi uylarning tamal toshi qoʻyildi.

Pudratchi tashkilot vakillari Farovon mahallasida bunyod etilajak mazkur uy-joylarni sifatli tarzda, qisqa muddatlarda qurib bitkazish uchun bor kuch va imkoniyatllarini safarbar qilishlarini taʼkidlab, qurilish ishlarini boshlab yubordilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026