15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 19:59
Jamiyat 👁 447

Amudaryo tumanida Vatan himoyachilari kuni keng tarzda nishonlandi

Amudaryo tumanida Vatan himoyachilari kuni keng tarzda nishonlandi

Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 31-yilllik bayrami mamlakatimizning barcha hududlari boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham keng tarzda nishonlandi. 13-yanvar kuni tuman Madaniyat boʻlimi binosida Vatan posbonlari sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, Mudofaa ishlari boʻlimi, harbiy qismlar masʼullari, maktablardagi harbiy chaqiriqqa tayyorgarlik rahbarlari, harbiy xizmatchilar va askar onalari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining madhiyalari yangradi. Sahnadagi monitorda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining faoliyati, zobit va askarlarning yurtimiz sarhadlarini qoʻriqlash jarayonidagi jasorat va qahramonliklari aks ettirildi.

Shundan soʻng, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, Vatan himoyachilarini bayram bilan tabrikladi. Tuman hokimi oʻz nutqida yurtimizda ofitserlar va serjant kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratilganini, harbiy xizmatni oʻzining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb bilgan oʻgʻlonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom koʻrsatish barcha uchun ham qarz, ham farz ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Qolaversa, yoshlarni uzluksiz harbiy taʼlimga jalb qilish borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgani, birgina 2022-yilda 9 nafar tumanimiz yoshlari Oliy harbiy taʼlim muassasalariga, 8 nafar yoshlarimiz esa “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga qabul qilingani eʼtirof etilib, ular ham kelgusida eng namunali Vatan himoyachilari boʻlib yetishishlariga ishonch bildirildi.

Tantanali bayram tadbirida tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga hamda tumanimiz hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida xizmat burchini oʻtayotgan Milliy Armiya zobitlariga, harbiy hizmatchilarga Amudaryo tumani hokimining tashakkurnomalari taqdim etilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Muradov hamda namunali askar Otabek Mahmudovlar soʻzga chiqib, mustaqillik yillarida yurtimizda davom etayotgan moddiy va maʼnaviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida ulkan natijalarga erishilgani va bu taraqqiyotning birdan-bir omili – Vatandagi barqaror tinchlik ekanligini taʼkidlab, tinchlik himoyachilari, ona Vatan posbonlarining beqiyos katta xizmati, matonat va jasoratini alohida eʼtirof etishdi.

Oddiy askar Otabek Mahmudov Oʻzbekiston Respublikasi Armiyasi safida xizmat qilish oʻzi va safdoshlari uchun ulkan sharaf ekanligini, ona vatan sarhadlarini qoʻriqlash, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilish har bir oʻgʻlonning muqaddas burchi ekanligini taʼkidladi.

Bayram tadbirining rasmiy tantanali qismidan soʻng, tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan katta kontsert dasturi namoyish etildi.

Sanʼatkorlarning chiqishidan oldin tinchlik, osoyishtalik posbonlari – Vatan himoyachilarini sharaflovchi sheʼrlar oʻqildi. Dilrabo kuy-qoʻshiqlar yangrab, jozibali raqslar ijro etildi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan “Vatan posbonlari” qoʻshigʻi barchannig qalbida Vatanparvarlik tuygʻularini yanada joʻshqinlantirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019