IIB XODIMLARI UChUN YaNGI QAROR MAZMUN-MOHIYaTINI TUShUNTIRIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR TAShKIL ETILDI
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-810-sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.
Shu yil 13-yanvar kuni tuman Ichki ishlar boʻlimining majlislar zalida boʻlib oʻtgan seminarga Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi masʼullari, tuman IIB boshligʻi J.Yusupov, tuman prokurori yordamchisi Z.Kudaybergenov va tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari ishtirok qilishdi.
Seminarni tuman IIB boshligʻi J.Yusupov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Seminarda yangi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, mamlakatimizda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish orqali ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatishga, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilganligi, bugungi kunda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari tumanlararo maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tumanlararo maʼmuriy sudlar faqat viloyat markazlarida joylashganligi, hududlar geografik joylashuvi boʻyicha bir-biridan uzoqda boʻlganligi va ichki ishlar organlari xodimi mazkur ish bilan shugʻullanishi davomida oʻz xizmat joyini uzoq muddat boʻsh qoldirayotganligi tufayli muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish amaliyotini fuqarolarga qulayliklar yaratish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelayotgani aytib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqishga doir normalarini Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻtkazish hamda tegishli ishlarni koʻrib chiqishni maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlariga oʻtkazish nazarda tutilmoqda. Endilikda Qonunda taklif etilayotgan normalar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish bilan bogʻliq qiyinchiliklarning va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Seminar davomida ichki ishlar boʻlimi xodimlariga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash va sudga taqdim etish tartibi tushuntirildi. Shundan soʻng, boʻlim xodimlari tomonidan berilgan turli savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶