15 nafar nuroniyga 300 ming soʻmdan pul mablagʻlari berildi
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, mahalla va oilalarda tinchlik va osoyishtalikni, oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi rolini yanada oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmokda.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan yakka-yolgʻiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj naroniylarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, turli moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Bu borada Amudaryo tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik.
Joriy yil 21-yanvar kuni Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi Bahodir Boltabayev Nuroniy jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi mutaxassisi Jamshid Otarbayev bilan birgalikda tumandagi yakka-yolgʻiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj va uyida yotib qolgan nuroniylar holidan xabar oldilar va 15 nafar nuroniyga har biriga 300 ming soʻm miqdorida pul mablagʻlari berdilar.
B.TOʻRABAYeV, Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶