BUNYoDKORLIKLAR AHOLI TURMUShI SIFATINI OShIRIShGA XIZMAT QILADI
Keyingi yillarda davlatimizning asosiy eʼtibori inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, aholining turmush darajasini oshirish, munosib hayot sharoitlarini yaratishga qaratilmoqda.
Hududni rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablagʻlar hisobidan tumanning 2-sektori xududida 1981,2 mln. soʻmlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, Doʻstlik mahallasi hududida qiymati 334,3 mln. soʻmlik universal bolalar sport maydonchasini yangidan qurish ishlarini ado etish uchun “Mangʻit Ideal qurilish” MChJ tenderda qatnashib gʻolib boʻldi va loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Bugungi kunda 2-sektor hududida joylashgan Xizr eli hamda Yuqori qishloq mahallalarining maʼmuriy binolari mavjud boʻlmaganligi sababli qiymati 1 mlrd. 646,9 mln. soʻmlik, yaʼni Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini binosini yangidan qurish ishlariga 820.9 mln. soʻm, hamda Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yigʻini binosini yangidan qurish ishlariga 826 mln. soʻm ajratildi va bugungi kunda pudratchi tashkilotlar aniqlanib, barcha obʼektlarning qurilish ishlari boshlanmoqda.
Bundan tashqari, 2-sektor hududidagi Arna boʻyi, Besh ovul, Boʻz solma mahallalari, Doʻrman, Oʻrta qalʼa, Qilichboy ovullari hamda Doʻstlik mahallasida jami 22.3 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 4,5 mlrd. soʻm pul mablagʻi ajratilib, loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.
Arna boʻyi mahallasi hududida joylashgan Sharq-2 koʻchasini joriy taʼmirlash uchun 800 metr masofaga 132,1 mln. soʻm pul mablagʻi, Qilichboy ovuli hududida joylashgan Oftob 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va Tijoratchilar koʻchalarini joriy taʼmirlash uchun 2,665 km. masofaga 441,5 mln. pul mablagʻi, Oʻrta qalʼa ovuli hududida joylashgan Mirobod koʻchasini joriy taʼmirlash uchun 865 metr masofaga 322,2 mln. soʻm pul mablagʻi ajratilib, Beruniy yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Doʻrman ovulida joylashgan Boʻzchi-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-koʻchalari va Bekobod 1-, 2-, 3-, 4-, 5-koʻchalarini joriy taʼmirlash uchun 5,477 km. masofaga 1126,4 mln. soʻm pul mablagʻi, Besh ovul mahallasi hududida joylashgan Orzu-1-, 2-, 3-, 4-, Sohibkor-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6- hamda Ixtirochilar-1-, 2-koʻchalarini joriy taʼmirlash uchun 4,379 km. masofaga 826,4 mln. soʻm pul mablagʻi, Boʻz solma mahallasi hududidagi Aydin yoʻl, Matonat, Obod makon 1-, 2-, 3-, 4-, 5- hamda Matonat 2-uchastka koʻchalarini joriy taʼmirlash uchun 5,448 km. masofaga 1140,2 mln. soʻm pul mablagʻi, Doʻstlik mahallasi hududidagi Iqbol-1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- koʻchalarini joriy taʼmirlash uchun 2,737 km. masofaga 511,7 mln. soʻm pul mablagʻi ajratilib, Taxiatosh yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Amalga oshirilayotgan buningdek oʻzgarishlar xalqimiz turmushi sifati oshishiga xizmat qiladi. Zero, davlatimizning bosh maqsadi ham xalqimiz turmushi obod, dasturxoni toʻkin boʻlishiga erishishdir.
A.ROʻZMETOV, tuman prokurori, 2-sektor rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶