01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 301

DOʻRMAN OVULIDA JINOYaT MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

DOʻRMAN OVULIDA JINOYaT MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tegishli tadbirlar belgilab olinib, bu borada tashkiliy ishlar uzluksiz ravishda amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan, hududlarda arzimagan sabablarga koʻra huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishi uchramoqda.

Shu yil 1-fevral kuni Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida bir necha kun ilgari hududda sodir etilgan, inson oʻlimiga olib kelgan jinoyat muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Baxtiyor Torebekov, Amudaryo tumani prokurori Aziz Roʻzmetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Jamoladdin Yusupov hamda profilaktika inspektorlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashishdi. Shuningdek, fuqarolar yigʻini raisi va masʼullari, hudud faollari ham ishtirok etishdi.

Yigʻilishni Amudaryo tumani prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Roʻzmetov ochib berdi va kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.

Yigʻilish davomida berilgan maʼlumotlarga koʻra, shu hududda yashovchi ayol qoʻshnisi bilan bilan uyi yonidagi tomorqa yeri boʻyicha oʻzaro janjallashgan. Janjal paytida ayolni qoʻshni erkak urib, doʻpposlayotganiga ayolning 20 yoshdan oʻtgan qizi guvoh boʻlgan. Qiz oshxona pichogʻi bilan erkakning qorin qismi va koʻkrak qismiga 2 marotaba pichoq bilan qasddan urib, ogʻir tan jarohatini yetkazgan. Tan jarohat bilan shifoxonaga keltirilgan qoʻshni erkakka tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shunga qaramasdan, jarohat ogʻir boʻlgani sababli erkak vafot etgan. Ushbu holat boʻyicha Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Baxtiyor Torebekov ushbu qotillik jinoyati juda mudhish hodisa ekanligi, bir parcha yer ustida ikki yon qoʻshni oʻrtasida chiqqan janjal birining bu dunyoni tark etishiga, birining ozodlikdan mahrum etilishiga sabab boʻlishini aytib, bunga mahalla faollari va profilaktika inspektorlarining hamkorlikdagi ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmagani ham sabab boʻlganini taʼkidladi.

Masʼullarning aholi tinchligiga befarq boʻlgani, sababi bu oila koʻp yillardan buyon bir parcha yer ustida talashib, nizolari hal etilmasdan kelgani, bu ikki oila mojarosi qotillik jinoyati bilan tugaganini gapirib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish boʻyicha yanada keng qamrovli chora-tadbir belgilab olish zarurligini uqtirib oʻtdi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov ham hodisaning kelib chiqishi oʻrganilganida bu ikki oila oʻrtasida 2005-yildan buyon yer-joy, xonadonlar chegara hududi yuzasidan bir necha marotaba oʻzaro janjallar chiqqani, soʻnggi janjalga ayolning xonadoni oldidagi daraxt tagiga tandir kuli toʻkib ketilgani sabab boʻlgani, kutilmaganda bu mojaro bir tomonning oʻlimi bilan tugagani, ammo bu holat yuzasidan biror bir joyga murojaat yoki xabar kelib tushmaganini maʼlum qildi.

Agarda qoʻni-qoʻshnilar yoki boshqa shaxslar tomonidan bu haqda xabar kelib tushganida, balki qotillik jinoyatining oldi olinishi mumkinligini eʼtirof etdi. Yigʻilishda profilaktika inspektorlari hudud faollariga agarda noxush hodisa yoki boshqa shubhali holatlar guvohi boʻlishsa, darhol Ichki ishlar boʻlimining navbatchilik qismiga yoki “102” qisqa raqamiga xabar berilishi lozimligini, bu bilan jinoyat yoki mudhish hodisaning oldini olish mumkinligini aholiga tushuntirish kerakligini aytib oʻtdi.

Yigʻilishda masʼullar jinoyatlarning oldini olish boʻyicha ishtirokchilarning fikr va mulohazalarini, takliflarini tinglab, atrofdagi voqea-hodisalarga befarq boʻlmaslikka, doim ogoh va hushyor boʻlishga chaqirishdi.

Shuningdek, fuqarlar yigʻini masʼullari va profilaktika inspektorlariga targʻibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirilgan tartibda olib borish, tuman hududidagi barcha nizoli oilalar roʻyxatlarini shakllantirilish, ular bilan muntazam ravishda profilaktik suxbatlar oʻtkazish topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026