TILSIZ YoV HUShYoRLIKNI TALAB ETADI
Yongʻinni tilsiz yov, ofat deyishadi. Kutilmaganda sodir boʻladigan bu koʻngilsiz hodisa insonlarga ham moddiy, ham maʼnaviy zarar yetkazadi.
Amudaryo tumani hududida oʻtgan 2022-yil davomida sodir boʻlgan 52 ta yongʻin hodisalarida insonlar tan jarohati olmagan, lekin yetkazilgan moddiy zarar 314 mln. 520 ming soʻmdan ziyodni tashkil qilgan.
Shu oʻrinda qish mavsumi boʻlishiga qaramasdan, qurilish obʼektlari va binolarda qurilish ishlari davom etayotgani sababli u yerlarda ham favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi talab etiladi. Chunki qurilishi davom etayotgan bino va inshootlarning maydonlarida, shuningdek, qurilish-montaj ishlarida yongʻin xavfsizligi tegishli qoidalarga amal qilish orqali taʼminlanadi.
Qurilish obʼektlarida olib borilgan profilaktik tungi tekshirishlar davomida quruvchilar bir qavati bitgan, derazalari yoki eshiklari oʻrnatilmagan binolarda tunab qolayotgani aniqlanmoqda. Quruvchilarning isinish maqsadida qoʻlbola yasalgan elektr pechlaridan foydalanishayotgani ham maʼlum boʻlmoqda. Zero, bino va inshootlar bunyod etuvchi har bir binokor-quruvchi, mutaxassis, muhandis tegishli talablarni puxta oʻzlashtirib olishi, qurilish jarayonida yongʻinlarga olib keluvchi har qanday salbiy holatning oldini olish yuzasidan tegishlicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan tartib va qoidalarga qatʼiy amal qilishi lozim. Shu bilan birga xavfsizlik qoidalariga muntazam rioya etishga har bir kishi masʼul va majbur ekanligini unutmaslik kerak.
B.Allabergenov,
tuman FVB Normativ-texnik boʻlinmasi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶